29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:54
Siyosat 👁 504

SAYLOVDA 6 MING 382 NAFAR AMUDARYoLIK YoShLAR ILK MARTA OVOZ BERADI

SAYLOVDA 6 MING 382 NAFAR AMUDARYoLIK YoShLAR ILK MARTA OVOZ BERADI

Mustaqillik yillarida jamiyatning barcha jabhalari, xususan, siyosiy sohada tizimli ravishda olib borilayotgan islohotlar natijasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va yuksak demokratik talablarga har tomonlama javob beradigan saylov tizimi shakllandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan mustahkam huquqiy-meʼyoriy negiz yaratildi. 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga boʻlib oʻtayotgan saylovlarda bu huquqiy-meʼyoriy negiz oʻz ifodasini topmoqda.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, mazkur saylovda fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning oʻz saylov huquqlarini hech qanday toʻsqinliklarsiz amalga oshirishi ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim kafolatlaridan biri boʻldi. Bu yilgi saylovlarda teng huquqlilik asosida tumanimiz yoshlaridan 6 ming 382 nafari birinchi marta ovoz beradilar.

Biz saylov kuni saylov uchastkalarida ushbu demokratik jarayonda ilk marta ishtirok etayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning siyosiy-ijtimoiy qarashlari bilan qiziqdik.

Gulruh Shomurodova, 18 yosh:

– Bugun mening hayotimda unutilmas kun boʻldi. Men ota-onam, aka-onalarim har gal saylovda ishtirok etishganlarida chin dildan havas qilardim. Ular kabi oʻz xohish-irodamni namoyon etgim kelardi. Yaqinda 18 yoshga toʻldim, fuqarolik pasportiga ega boʻldim. Bundan ham muhimi, uyimizga uchastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan saylovga chaqiruv qogʻozi olib borishganida oʻzimning el-yurt farovonligi, mamlakatimizning yanada obod boʻlishi uchun masʼul inson sifatida saylovda ovoz berish huquqiga egaligimdan juda quvondim.

Men saylovda ishtirok etarkanman, bundan buyon oʻz taqdirim ona yurt, xalq taqdiri bilan bogʻliq ekanligini, mustaqil mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etib, davlat boshqaruvida munosib nomzodni saylash orqali qatnashishim muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab yetdim. Men bugun saylovoldi dasturi, ilgʻor gʻoyalari bilan oʻzimga maʼqul boʻlgan partiya nomzodlari uchun ovoz berdim. Ishonamanki, men tanlagan partiya nomzodlari saylovda albatta gʻolib chiqishadi.

Shohzod Qurbonboyev, 20 yosh, Qoraqalpoq Davlat universiteti talabasi:

– Men QDU jurnalistika taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olaman. Tanlagan soham befosita mamlakatimiz siyosati bilan bogʻliq. Darslar davomida bu boradagi yangiliklarni, jarayonlarni oʻrganamiz, tahlil qilamiz. Bugun Oʻzbekistonimizda muhim siyosiy jarayon – saylovlar boʻlib oʻtmoqda. Men bu yil ilk bor saylovda ishtirok etyapman. Saylovda ishtirok etish – fuqarolik burchim deb bilaman va Oʻzbekistonimiz kelajagi uchun oʻzini ayamaydigan munosib nomzodga ovozimni berdim.

Sarvar Ibodullayev, 19 yosh Mangʻit shahri Durunki mahallasidan:

– Oʻz yurti va unda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarq boʻlmagan, oʻz taqdirini ona Vatan, xalq taqdiri bilan chambarchas bogʻlagan har bir masʼuliyatli yosh bugun saylovda oʻz faolligini namoyon etganiga ishonchim komil. Men saylovga chaqiruv qogʻozini olganimda oʻzimda ana shunday masʼuliyat hissini tuydim. Hatto saylov kunigacha oʻzim uchun manzur boʻlgan siyosiy partiyalardan birini allaqachon tanlagan edim. Chunki men oʻzim istiqomat qiladigan hududdagi uchastka saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlar bilan saylovchilarning uchrashuvlarida ishtirok etib, ularning saylovoldi dasturlari bilan yaqindan tanishgan va qatʼiy xulosaga kelgan edim.

Ayniqsa, saylov uchastkasida tashkil etilgan targʻibot burchagi orqali deputatlikka nomzodlar haqida toʻliq maʼlumotlar olganim saylovda oʻz xohish-irodamni namoyon etishda hech qiyinchilik tugʻdirmadi. Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Saylov Kodeksi bilan tanishganimdan soʻng saylov boʻyicha barcha haq-huquqlarimdan foydalandim, emin-erkin oʻzim tanlagan partiya nomzodlariga ishonch bilan ovoz berdim.

Robiya YOʻLDOShEVA suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026