28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 688

Bogʻdorchilik xoʻjaliklari uchun seminar-trening oʻtkazildi

Bogʻdorchilik xoʻjaliklari uchun seminar-trening oʻtkazildi

18-19-dekabr kunlari Amudaryo tumanida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Oʻzbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyotning rivojlanishiga koʻmak” loyihasi doirasida “Meva yetishtirish zamonaviy texnologiyalari – yangi intensiv bogʻlar tashkil qilish va mavjud bogʻlar unumdorligini oshirish” mavzusida amaliy seminar-trening oʻtkazildi.

Tumandagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan dehqon va fermer xoʻjaliklari vakillari hamda qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari ishtirok etgan seminar-treningda dastlab yangi intensiv bogʻlarni tashkil etish, shu jumladan yer tanlash va koʻchat ekish uchun unga ishlov berish, hududiy sharoitlardan kelib chiqib, koʻchat turi, payvandtagi va navlarini tanlash, yangi ekilgan daraxtlar uchun shakl berish tizimlarini tanlash, yangi barpo etilgan bogʻlarning suv va oʻgʻitlantirishga boʻlgan talablari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, mavjud bogʻlarning samaradorligi oshirish, jumladan, bogʻlarda koʻp uchraydigan asosiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha chora tadbirlari, tinim davrida shakl berish va u bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish, tinim davrida mevali daraxtlarga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ozuqalar, bogʻlarni qishga samarali tayyorlash va kuzgi agrotexnik tadbirlar haqida maʼruzalar oʻqildi.

Loyiha doirasida seminar-treningga jalb qilingan malakali mutaxassislar trening ishtirokchilariga kuz va qish oylarida zamburugʻ, bakterial va virusli kasalliklar haqida maʼlumotlar ham berishib, ularga qarshi kurash choralari haqida ilmiy asoslangan usullarni tushuntirib oʻtdilar.

Maʼlumki, 2019-yil 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Mazkur qaror bilan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan boʻshagan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan, tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali berish, keyinchalik ular negizida qishloq xoʻjaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari tuzish boʻyicha topshiriqlar berilgan.

Mazkur loyiha ham bogʻlar unumdorligini oshirish, intensiv bogʻlar tashkil qilish orqali olinayotgan hosil hajmi va sifatini oshirishni koʻzda tutadi.

Seminar-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar uchun “Qoraqalpoq agrokimyo himoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tuman filialiga qarashli intensiv bogʻda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mazkur bogʻning umumiy yer maydoni 7,6 gektar boʻlib, 2013-yilda tashkil qilingan.

Dala amaliyoti davomida mutaxassislar taʼkidlaganlaridek, ob-havo issiq kunlari katta yoshdagi mevali daraxtlarga shakl berib, butash, siyraklashtirish ishlarini boshlash mumkin. Birinchi galda, katta yoshdagi olma, nok va boshqa urugʻli meva daraxtlar butaladi. Bogʻlar mavsumda yetarlicha sugʻorilmagan boʻlsa, tuproqda namlikni saqlash uchun dekabr oyida bogʻ-tokzorlarga yaxob suvi beriladi. Bunda har bir gektarga bir yarim – ikki ming kub metr suv sarflanib, 4-5 kun davomida sugʻoriladi. Shoʻrlangan yerlar atrofidagi kollektor va zovurlar tozalanadi. Yangi bogʻ va tokzorlar barpo etish maqsadida, ajratilgan yerlarga 30-40 tonna mahalliy oʻgʻit hamda 300-400 kg fosfor va kaliyli oʻgʻitlar solinib, maydon 35-40 sm chuqurlikda haydab qoʻyiladi.

Seminar-treningda bogʻlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan agrotexnik tadbirlar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026