“AmudaryoTex” xorijiy korxonasida yoshlar yetakchisi saylandi
“AmudaryoTex” xorijiy korxonasida bugungi kunda paxta xom-ashyosini yetishtirish, paxta xom-ashyosini birlamchi qayta ishlash hamda tekstil va toʻqimachilik tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Mazkur korxona ishchilarining 70 foizdan ortigʻini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil qiladi.
“AmudaryoTex” xorijiy korxonasi rahbariyati, Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi masʼullari ishtirokida taʼsis yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda agroklaster yoshlarining xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining boshlangʻich tashkiloti tashkil etildi va tashkilotlar soni yana bittaga koʻpaytirildi. Agroklasterdagi yoshlar bilan ishlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishlarida koʻmaklashish kabi masʼuliyatli, sharafli vazifaga bir ovozdan shu yerda mehnat qilayotgan Dilraboxon Matyakubova maʼqul deb topildi.
Korxonada yangi tashkil etilgan Ittifoqning tuman Kengashi boshlangʻich tashkiloti yetakchisiga maqsad-vazifalar batafsil tushuntirildi hamda tegishli topshiriqlar berildi.
Jasur Davletov, Yoshlar ittifoqi
tuman Kengashi raisi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶