Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi yangi binosi foydalanishga topshirildi
Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda yangi zamonaviy ham har tomonlama qulay, zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazlari binolari foydalanishga topshirilmoqda.
Xususan, 26-dekabr sanasida tumanimizda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi byudjeti mablagʻlari hisobidan umumiy qiymati 3 mlrd 310 mln. soʻmlik Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazining yangi, barcha sharoitlarga ega binosi qurilib foydalanishga topshirildi.
Keyingi yillarda yurimizda ushbu sohani yanada rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2017-yil 12-dekabrdagi Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi, bu bilan tadbirkorlik subʼektlariga ham, aholining keng qatlamlariga ham davlat xizmatlarini koʻrsatishning yangi tizimini yaratish uchun mustahkam huquqiy poydevor qoʻyildi.
Binoning ochilish marosimiga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boshqarmasi boshligi Kazbek Artikov tashrif buyurdi hamda barchani ushbu xayrli ish bilan tabriklab, nutq soʻzladi.
Taʼkidlanganidek, 2003-yildan buyon tadbirkorlik subʼektlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspektsiyalari tomonidan amalga oshirib kelingan. 2016-yil 1-yanvardan boshlab Inspektsiyalar negizida Tadbirkorlik subʼektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari tashkil etildi.
2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha keyingi qadam boʻlib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xalqimiz uchun koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 120 dan oshdi.
Shuningdek, tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Axmedova, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Bekman Allambergenov, Navoiy MFY raisi Vaxob Urazaliyev, “QUPULISh XIZMAT” MChJ rahbari Bahodir Toʻraboyevlar, mutasaddi xodimlar hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Tuman Davlat xizmatlari markazi binosida fuqarolarga sifatli davlat xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Xususan, Markaz binosida Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Amudaryo tumani Xalq qabulxonasi, Oʻzbekiston Pespublikasi bosh vazirining Amudaryo tumani tadbirkorlar murojaatini koʻrib chiqish qabulxonasi, Adliya boʻlimi va Notarius joylashtirilgan. Shuningdek, qulay kutish zali, kutubxona, bolalar maydonchasi ham mavjud.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish kerakki, bugungi kunda Markazda 100 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Shu yilning oʻzida 67 600 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, shundan 6100 dan ortigʻi sayyor tartibda koʻrsatilgan, 270 taga yaqini yuridik hamda 760 taga yaqini yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyhatidan oʻtkazildi.
Tadbirda Markazning qurilishida jonkuyarlik bilan mehnat qilgan “Qurilish xizmat” MChJ quruvchilariga katta minnatdorchilik bildirildi.
Bino oʻzining zamonaviy koʻrinishi bilan shahrimiz koʻrkiga koʻrk bagʻishlab turibdi.
Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boshqarmasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶