AMUDAPYo TUMANI PPOKUPOPI YoShLAP BILAN UChPAShUV OʻTKAZDI
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kungi maʼruzasining ahamiyatini keng tushuntirish, yoshlar bilan ishlashda madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularda Vatanga sadoqat va mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarga daxldorlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida joylarda mutasaddi rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.
7-yanvar kuni Amudaryo tumani prokurori Javlon Muftullayevning tuman yoshlari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Alisher Yoʻldoshev, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetov, korxona-tashkilotlar rahbarlari, turli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori natijalarga erishgan faol yoshlar, yosh tadbirkorlar, yosh fermerlar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimizning tashabbuslari asosida yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratildi. Buni biz, avvalo, yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida Qonunning qabul qilinishida, keyingi ikki yarim yilda aynan yoshlarga oid 30 dan ortiq Farmon va Qarorlarning qabul qilinishida koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu hujjatlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar ham bunga yaqqol dalil boʻla oladi.
Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 27-iyun kuni qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida yurtimizda yoshlar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish orqali minglab yoshlarga yangi ish oʻrinlari yaratilib, ularning bandligini taʼminlash imkoni yaratildi.
Tumanimizda ham 2018-yilda yoshlarimizning tadbirkorlik sohasidagi 12 ta loyihasi uchun 2 mlrd. 555 mln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilib, 65 ta yangi ish oʻrni yaratilgan boʻlsa, 2019-yilda 21 ta loyihaga 7 mlrd. 617 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratilib, 72 ta yangi ish oʻrinlari tashkil qilindi.

Shuningdek, 8 nafar amudaryolik yosh oilalarga 2019-yilda qurilgan koʻp qavatli uy-joylar topshirilib, uylarning boshlangʻich badali Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab berildi.
Tumanda muhtaram Prezidentimizning 5 ta tashabbusni keng targʻib etish va ommalashtirishga yoʻnaltirilgan 500 ta tadbir va loyihalar tashkil etilib, ularga 20 mingdan ortiq yoshlar jalb qilindi.
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tashabbusi bilan barcha hududlarda “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” shiori ostida yoshlar festivali oʻtkazildi. Festival doirasida 21 ta tadbir va loyihalar tashkil etilib, 5 mingdan ortiq yoshlar jalb qilindi.
Yoshlar ittifoqi tumani Kengashi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining 48 nafariga komplekt oʻquv qurollari, 6 nafariga nogronlik aravachasi, 107 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 8 nafariga tikuv mashinasi, 13 nafariga oʻquv doskasi olib berildi. Imkoniyati cheklangan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 124 nafar yoshlar holidan xabar olinib, esdalik sovgʻalari topshirildi. Yakka-yolgʻiz yashovchi, boquvchisini yoʻqotgan keksalardan 12 nafarining xonadonlarining tashqi fasad qismi taʼmirlab berildi.
Yigʻilish ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtdi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savolariga javoblar oldilar. Uchrashuv yakunida tashkilotchilar tomonidan yoshlarga esdalik sovgʻalari berildi.

Tadbirdan keyin tuman hokimi oʻrinbosari Alisher Yoʻldoshev, tuman prokurori Javlon Muftullayev, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetovlar “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasidan imtiyozli kredit olgan yosh ishbilarmonlar bilan uchrashib, ularning ish jarayoni bilan tanishdi va ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi.
Tashrif chogʻida yosh tadbirkorlar “Chelsea Dent” oilaviy korxonasi rahbari Botir Ermatov, “Tamara-Feruza” xususiy korxonasi rahbari Dilorom Pahimova, “Madina” goʻzallik saloni rahbari, yakka tadbirkor Madina Jumaboyevalarning faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar va ularga kitoblar, qimmatbaho sovgʻalar berdilar.
Charos Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶