17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 17:04
Jamiyat 👁 210

SOGʻLOM, MARD, SADOQATLI VA FIDOYI OʻGʻLONLAR HARBIY XIZMATGA TANLOV ASOSIDA QABUL QILINADI

SOGʻLOM, MARD, SADOQATLI VA FIDOYI OʻGʻLONLAR HARBIY XIZMATGA TANLOV ASOSIDA QABUL QILINADI

Har tong chor-atrofimizdagi osudalik, osoyishtalikdan, farzandlarimiz bagʻrimizda bezavotir ulgʻayayotganidan va yurtimiz osmoni tinch, ekanligidan koʻnglimiz xotirjam boʻlib, dorilomon kunlarimizga cheksiz shukronalar aytamiz. Shunday damlarda mamlakatimizda umrguzaronlik qilayotgan barcha fuqarolarning tinch-osoyishtaligini ishonchli qoʻriqlab, har qanday tahdidlarga qarshi tura oladigan, yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan himoya qilayotgan, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni, muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlarni duo qilamiz.

Muddatli harbiy xizmat – har bir yigitning muqaddas burchidir. Bu boradagi ilk bilimlar yigitlarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani orqali singdiriladi va yoshlarda yurt taqdiriga daxldorlik, xizmatiga shay turish xislatlari shakllantiriladi.

Shu boisdan ham har yili chaqiruv yoshidagi fuqarolar harbiy xizmatga borish istagida Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga murojaat qiladilar va bu boradagi sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtishga harakat qiladilar.

Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash va muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq qabul qilingan Nizom talablariga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Tanlov – bu chaqiruv yoshidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan umumjismoniy tayyorgarlik, kasbiy tanlov, shuningdek, yakka tartibda suhbat oʻtkazishga oid tadbirlar kompleksini oʻz ichiga oladi. Bundan koʻzlangan maqsad Qurolli Kuchlarimiz tarkibini intellektual salohiyatli, dunyoqarashi keng, sogʻlom, vatanparvar, fidoyi va sadoqatli chaqiriluvchilar bilan toʻldirish, Vatanimiz tarixi, ulugʻ sarkarda bobolarimiz hayoti haqida egallagan bilimlarini, fikrlash qobiliyatini va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdir. Tanlovda asosan ularning Vatan oldidagi masʼuliyati va burchlarini ongli ravishda anglagan holda qatnashishlariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimida ham Nizomga muvofiq 2019-yilning 10-avgustidan buyon chaqiriluvchilarning hujjatlarini tayyorlash, ularni maxsus tuzilgan tibbiy komissiyaning bosqichma-bosqich koʻriklaridan oʻtishlarini tashkil etish ishlari boshlanib ketdi. Komissiya xulosasiga koʻra, 2020-yilning 10-fevral kuniga qadar tibbiy koʻriklar jarayonida sogʻlom deb topilgan yigitlar maxsus tuzilgan tanlov kengash tomonidan umumjismoniy, kasbiy tayyorgarligi va yakka tartibdagi suhbat orqali muddatli harbiy xizmatga tanlab olinadi. Jarayon tugagach, mart, aprel oylarida tanlovdan muvaffaqiyatli  oʻtgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga olinadi.

Tanlovdan oʻta olmagan yigitlar esa safarbarlik chaqiruv rezerviga tayinlanadi.

Amalga oshirilayotgan bu saʼy-harakatlar Qurolli Kuchlar tarkibini ilmli, yuksak salohiyatli va fidoyi oʻgʻlonlar bilan toʻldirishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Boisi, munosib oʻgʻlonlargina yurtimizning tinch-osoyishtaligini asrashga qodirdir.

Muzaffar MADRAIMOV, tuman Mudofaa ishlari boʻlimining

harbiy xizmatga chaqiruv boʻlinmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019