OLIY QASAM BILAN ASRAGUM, VATAN
(Monolog)
Men dunyo moliga köz tikkanim yöq,
“Zör”larning qoşida egilganim yöq,
Ğam çekdim va lekin tiz bukkanim yöq.
Vatan, deb yuksalgan dillarga köçdim,
Oliy qasam bilan tuğingni öpdim!
Ğanimlar fitnalar toşin otganda,
Bir yonda fisq-fasod burqsib yotganda.
Yarador bağringga tiğlar botganda,
Şaʼn-u şavkatingga baxş etib özni,
Qon bilan yozdim men ERK degan sözni!
Xoinlik köp böldi, bilaman, oğir,
Nonkör, malʼunlardan yuraging yağir.
Or-nomus ötida örtanib bağir,
Maşaqqat yuklarin yelkalab ötdim,
Ona Yurt, Onam deb, poyingga çökdim.
Mardlik – yuraklarning uluğ jurʼati,
Şundadir xalqimning kuç va qudrati.
Matonatning aslo yöqdir millati,
Bir yuz öttiz olti millatga öğlon –
Qalblarda gupirgan tuğyonman, tuğyon!
Vatan! Onalaring – baxtingga qasam,
Baxtiyor avloding – taxtingga qasam,
Kelajakka qasam – ahdingga qasam.
Tiz çökib, bayroğing köksimda tutdim,
Jonim deb, men uni jonimga tikdim!
Qara, yuragimda bayroq hilpirar,
Istiqloldan obod har yoq gurkirar.
Boqsam tört tomonga porloq, qulf urar,
Ramzing va madhiyang tengsiz iftixor,
Har zarra tuproğing tumordir, tumor!
Menga suyan Vatan, bir toğ bölaman,
Şams-u qamar özim – çaroğ bölaman.
Oriyati baland urpoq bölaman
Oliy qasam bilan asragum seni –
Bolam, desang böldi, öşal dam meni!
“Serquyoş hur ölkam, elga baxt, najot”,
Sen borsan, el-u xalq, millat barhayot.
Buyuk orzularga baxş etib qanot –
Tinçlikka qasamyod qilgum onajon,
Jonim Özbekiston, mangu böl omon!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶