“ÇORVANASL” MARKAZI TUMAN BÖLIMI MUTAXASSISLARIGA XIZMAT VELOSIPEDLARI TOPŞIRILDI
Mamlakatimizda çorvaçilik tarmoğini jadal rivojlantiriş, çorva mollarining mahsuldorligini oşiriş, çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari hamda aholi qaramoğidagi yirik şoxli qoramollar va qöy-eçkilar naslini yaxşilaş, sunʼiy uruğlantirişni taşkil etiş hamda naslçilik işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş, çorva ozuqa bazasini mustahkamlaş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jaydari qoramollar va qöy-eçkilar örnini zotdor, sermahsul turlar bilan töldiriş, sifatli göşt va sut mahsulotlari yetişirişni yanada köpaytiriş maqsadida olib borilayotgan saʼy-harakatlar buning yaqqol dalilidir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi 4254-sonli Qaroriga asosan Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi huzurida “Özbekçorvanasl” Agentligi taşkil etildi. Ayni paytda uşbu Agentlikning hududiy va tuman bölimlarining faoliyati yölga qöyildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi huzurida ham “Çorvanasl” markazi taşkil etilib, tumanimizda mazkur markazning veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi iş boşladi. Bölimga 11 nafar texnik oseminatorlar işga qabul qilindi. Bölim mutaxassislari xizmat vazifalarida uzviylik, sifat va samaradorlikni taʼminlaş maqsadida davlat tomonidan 2 ta kompyuter va 2 ta printerlar berildi.
Tumanda sohaga qaratilayotgan mana şunday eʼtibor tufayli çorvaçilik mahsulotlarini yetiştiriş yil sayin oşmoqda. Ayni paytda tumanimizda 49 ta çorvaçilik subʼektlari faoliyat körsatmoqda. Şundan 13 tasi fermer xöjaliklari, 36 tasi turli yönalişdagi qişloq xöjalik korxonalari hisoblanadi. Uşbu xöjaliklarda 161,9 ming boş yirik şoxli qoramollar bölib, şundan 103,5 ming boş qoramol dehqon va şaxsiy yordamçi xöjaliklarda, 200 boş qoramollar fermer xöjaliklarida, 1000 boş qöy-eçkilar qişloq xöjalik korxonalarida zooveterinariya qoidalari asosida parvariş qilinmoqda.
Ötgan 2019-yilda çorvaçilik subʼektlari ixtiyoridagi 2289 gektar yer maydoni va yaylovlar, ekişlik yerlarga öz vaqtida agrotexnik işlov beriş, zootexnika vositalaridan unumli foydalaniş natijasida çorvaçilik xöjaliklari tomonidan tirik vaznda 10 ming 495 tonna göşt, 37 ming 650 tonna sut mahsulotlari yetiştirildi.
6-yanvar kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi huzuridagi “Çorvanasl” markazining tuman bölimida yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fayzulla Saʼdullayev, tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği Alişer Matkarimov hamda “Çorvanasl” markazi tuman bölimi vakillari iştirok etdilar. texnik oseminatorlarga 11 ta xizmat velosipedlarini topşirdilar. Şu bilan birga tumanimizda çorvaçilik subʼektlariga malakali veterinariya xizmatini körsatiş yuzasidan tegişli maslahatlar berdilar.
Çorvaçilik subʼektlariga zooveterinariya xizmati körsatiş sifatini yaxşilaş çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişda yuqori natijalarga erişişni taʼminlaydi. barça toifadagi çorvaçilik subʼektlari va aholi qaramoğidagi yirik şoxli qoramollar, qöy-eçkilar mahsuldorligini oşiriş, naslini yaxşilaş, zotdor qoramollarni tumanimiz iqlim şaroitiga moslaştiriş borasidagi işlarni yanada yaxşilaş va veterinariya xizmati samaradorligini oşiriş maqsadida rejaviy-tadbirlar işlab çiqilib, iş olib borilmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶