“Umid nihollari 2020” sport musobaqasi yoş sportçilarni yanada ulkan yutuqlar sari rağbatlantirdi
Sportning ommaviyligini taʼminlaş, ayniqsa, yoşlarni sport turlariga keng jalb qiliş orqali jismonan soğlom bölib ulğayişlariga erişiş muhim vazifa bölib hisoblanadi. Şu maqsadda umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari orasida ötkazilayotgan turli sport musobaqalarida iqtidorli öquvçilar tanlanib, özlarining qiziqişlariga köra muntazam şuğullanişlariga şaroit yaratilmoqda.
Şu yil 9-yanvar kuni tumanimizda bölib ötgan “Umid nihollari 2020” sport musobaqasining tuman bosqiçi ham qobiliyatli öquvçilarni aniqlaşga, ularni yanada ulkan yutuqlar sari rağbatlantirişga asos böldi
Uşbu musobaqada bizning 11-sonli maktabimiz öquvçilari ham faol iştirok etib, quvonarli natijalarni qayd etdilar. Xususan, gandbol turidan 5-,6-sinflar öquvçilaridan iborat jamoa faxrli 2-örinni, 7-,8-sinflar öquvçilaridan tuzilgan jamoa esa 3-örinni egalladi.
Erişilgan natija biz jismoniy tarbiya fani öqituvçilarini öquvçilar bilan dars maşğulotlarini samarali olib borişimiz, ularning sportga qiziqişlarini yanada oşirişimiz, muntazam şuğullanişlarini taʼminlaşimiz lozimligini körsatdi.
Şoxruh Ollamberganov, 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶