“SOFLOM BOLA YILI” yangiliklari
Xotin-qizlar bandligini taʼminlaş yölida
13-mart kuni Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasining taşabbusi bilan Respublika seminari ötkazildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan uşbu seminarda tumanlardagi xotin-qizlar qömitalarining raislari, bitiruvçi qizlarni işga joylaştiriş böyiça hududiy ştablar rahbarlari, tumanimizdagi kasb-hunar kollejlari direktorlari va kollej bitiruvçilari iştirok etdilar.
Seminarni tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşev oçdi va olib bordi. Seminarda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari, Respublika xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvçi qizlarini işga joylaştiriş böyiça yaratilgan tizim afzalliklari va uşbu tizimning samarali işlaşi uçun zarur çora-tadbirlar xususida töxtalib ötdi.
Aytiş joizki, joriy yilda tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 2894 nafar öquvçilar, şu jumladan 1397 nafar qizlar tamomlaydilar. Bitiruvçilarni, ayniqsa qizlarni iş bilan taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni muvofiqlaştiriş maqsadida maxsus ştablar oldida turgan dolzarb masalalar muhokamalarning diqqat markazida böldi.
Şuningdek, seminarda xotin-qizlar qömitasi va uning hududiy bölimlari faoliyatiga doir boşqa masalalar xususida ham fikr almaşildi.
Deputat saylovçilar bilan uçraşdi
Joriy yilning 4-martidan 17-martiga qadar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi saylovçilari bilan uçraşuvi ötkazilişi rejalaştirilgan. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Reglamentining 62-moddasiga muvofiq ötkazilayotgan uşbu uçraşuvlarda Parlament hayotiga oid yangiliklar töğrisida maʼlumot berilmoqda.
Tuman hokimligida Qonunçilik palatasi deputati Nazira Matyoqubova iştirokida saylovçilar bilan bölib ötgan uçraşuvda ham aynan şu jihatlar öz ifodasini topdi.
Taʼkidlanganidek, ayni kunlarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan deputatlar muhokamasiga kiritilgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasining muhokamasi bölib ötmoqda.
Deputat öz sözida Davlatimiz rahbarining taşabbuslari milliy davlatçiligimiz va siyosiy tuzumni yanada mustahkamlaşda, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Şuningdek, Amudaryo transport kasb-hunar kollejida ham şu kabi uçraşuv ötkazilib, unda yoşlarni iş bilan taʼminlaş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuv kollejda ötkazilayotgan Navröz bayrami tantanalariga ulanib ketdi.
Hokim va yoşlar uçraşuvi
13-mart kuni tuman hokimligi binosida yoşlarni iş bilan taʼminlaş va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş masalasida tuman hokimining yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Tuman hokimligi, tegişli muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari hamda örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari, "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman Kengaşi, Harakatning boşlanğiç taşkilot yetakçilari, Harakat faollari hamda öquvçi-yoşlar iştirokida ötkazilgan uşbu "Hokim va yoşlar” uçraşuvi kollej bitiruvçilarini işga joylaştiriş masalasiga bağişlandi.
Tadbirda tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşev bugungi kunda amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida aytib ötdi hamda yoşlar bilan bevosita muloqot qilib, ularni iş bilan taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş masalalarida yoşlar bilan fikrlaşdi.
Aytiş joizki, "Amudaryo tumanida 2014-yilda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini taʼminlaş Dasturi” doirasida joriy yilda 5236 ta yangi iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan. Joriy yilning ötgan 2 oyi davomida rejadagi 318 ta örniga yoşlar uçun 320 ta iş örni taşkil qilindi.
Oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda yoşlar bandlik va tadbirkorlik masalasida özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmaydi
Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligining 2014-yil 3-martdagi 89-sonli "Respublikaning çekka hududlarida istiqomat qiluvçi aholini çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziş töğrisida”gi buyruğiga asosan 10-15 mart kunlari mamlakatimiz böylab Respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekşiriş institutlari va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining yetakçi olimlari va yuqori malakali şifokorlari iştirokida "Heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmasin” şiori ostida aholi vakillari çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi.
Tumanimizda ham mazkur qarorning ijrosini taʼminlaş maqsadida çuqurlaştirilgan tibbiy körik jarayoni uyuşqoqlik bilan taşkil qilindi.
Tibbiy körikka aholining turli qatlami vakillari, şu jumladan, yakka-yolğizlar, nogironlar, tuğiş yoşidagi ayollar va tibbiy yordamga muhtoj kişilar ham jalb qilindi. Malakali şifokorlarning taşxisi böyiçi kasallik belgilari aniqlangan bemorlarga statsionar yoki ambulator şaroitda davolanişga yöllanmalar berildi.
Nuroniylar bilan suhbat
13-mart kuni tumanimizda yaşab istiqomat qilayotgan nuroniylardan bir guruhi tuman hokimligida bölib, tuman hokimi bilan uçraşdilar.
Jamiyatning maʼnaviy asoslarini yanada boyitişda, oilaning ahamiyatini yuksaltiriş, yoş oilani hayotning turli töfonlaridan asraş, uning mustahkam oyoqqa turib olişi uçun yelkadoş böliş, bu borada zarur kömak, maslahat körsatişda nuroniylarning roli va ahamiyatini heç narsa bilan qiyoslab bölmaydi. Yurtimizda nuroniylarga hurmat va ehtirom körsatiş borasida ham qator amaliy işlar qilinmoqda. Bu tabarruk insonlarga mehr-muruvvat ulaşiş, ularga moddiy, maʼnaviy yordam körsatiş, salomatliklarini tiklaş borasida mamlakatimizda keng kölamli işlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Öz navbatida faxriylarimiz ham körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikka javoban yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok etib kelmoqdalar.
Jamğarmaning tuman bölimiga şu paytga qadar Ismoil Törayev boşçilik qilib kelayotgan edi. Boşqa işga ötgani munosabati bilan Ismoil Törayev öz lavozimidan ozod qilinib, Bekman Allamberganov jamğarma tuman bölimining yangi raisi qilib saylandi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi «Nuroniy» jamğarmasi raisi Jalil Muyaddinov iştirok etdi.
«Taşabbus-2014» körik tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun «Taşabbus» körik-tanlovi respublikamizda 1996-yildan buyon anʼanaviy tarzda ötkazib kelinadi. Mazkur körik-tanlov nafaqat tadbirkorlarning mehnati faoliyati bilan aholini taniştiriş, balki ularni yangi marralar sari undaşda ham muhim omil bölmoqda.
Tuman madaniyat va sport işlari bölimida «Taşabbus-2014» körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Tuman bosqiçida uçta asosiy yönaliş – «Eng yaxşi tadbirkor», «Eng yaxşi fermer», «Eng yaxşi hunarmand» hamda qöşimça ravişda «Yoşlarga eng köp iş örni yaratgan tadbirkor», «Eng yaxşi tadbirkor ayol», «Eng yaxşi oilaviy biznes sohibi» nominatsiyalari böyiça ğoliblar aniqlandi.
Yakunlarga köra, «Eng yaxşi tadbirkor» deb "Eltuzar” xususiy işlab çiqariş tijorat kiçik korxonasi, «Eng yaxşi fermer» sifatida "Amudaryo sohili” fermer xöjaligi va «Eng yaxşi hunarmand» deb Abduşerip Maşaripovlar tan olindi.
Tanlovning asosiy yönalişlari böyiça ğoliblarga esdalik sovğalari va keyingi bosqiç yöllanmasi topşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶