Prokuror tuman yoshlari bilan uchrashdi
Yoshlarning bugungi kundagi dolzarb muammolarini oʻrganish va joyida hal qilish, takliflari bilan tanishish maqsadida tuman prokurori J.Muftullayev tuman yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan uchrashuvda prokuror J.Muftullayev mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish orqali minglab yoshlarga yangi ish oʻrinlari yaratilib, bandligini taʼminlash imkoni berilganligini, jumladan, tumanimizda ham 2019-yilda 21 ta loyihaga 7 mlrd. 617 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratilib, 72 ta yangi ish oʻrinlari yaratilganligini taʼkidladi. Shuningdek, oʻtgan yil 6 nafar yoshlarimizga Yoshlar mehnat guzari, 6 nafariga ishlab chiqarish hamda maishiy xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik qilishlari uchun yer maydonlari ajratilganligini eʼtirof etdi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi 250-sonli qaroriga muvofiq mamlakat ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari ijrosiga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligi, oʻtgan yillar davomida tumanda yangi qurilgan koʻp qavatli uylardan mamlakat ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarga uylar berilganligi haqida soʻzladi. Shu qatorda joriy yilda qurulish ishlari olib borilayotgan koʻp qavatli uylardan 8 nafar yosh oilalarga berilishi rejalashtirilganligini ham maʼlum qildi.
Tuman prokurori J.Muftullayev yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻsha oladigan komil insonlar boʻlib yetishish lozimligi, buning uchun faqat oʻqib-oʻrganish, intilish, harakat qilish kerakligini gapirdi.
Uchrashuvda yoshlarning maqsadlari yoʻlida duch kelayotgan muammolar va ularning takliflari bilan ham tanishdi. Shuningdek, ularning takliflari negizida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalar ishlab chiqilishini aytib oʻtdi.
Uchrashuv yakunida tuman yoshlariga tuman prokuraturasi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶