NAVOIY VA BOBUR MAʼNAVIY MEROSI – QALBLAR ZIYNATI
Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” kitobida taʼkidlaganidek: “maʼnaviyat – insonni ruhan poklaniş, qalban ulğayişga çorlaydigan, odamning içki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-eʼtiqodini butun qiladigan, vijdonini uyğotadigan beqiyos kuç, uning barça qaraşlarining mezonidir”. Bu fazilat insonda özini anglaşi, ajdodlari merosini örganişi va öqişi bilangina şakllanadi.
Şu kunlarda mamlakatimizda uluğ mutafakkir ajdodlarimiz Alişer Navoiyning 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yilligi keng nişonlanayotganida ham uşbu fikr yana bir bor öz isbotini topmoqda.
Uluğ allomalar oramizda bir umr yaşaydilar. Qiyofalari tasavvurlarda, dillarda, nomlari esa tillarda mangu qoladi. Atrofga qarasangiz bobolarimiz nomiga havas qilib, ularga öxşaşini istab qöyilgan Alişer, Bobur ismlik insonlar behisob. Mamlakatimizda şahar-u ilm dargohlari, köçalar, xiyobonlar, teatr, metro bekatlari ham bobolarimiz Mir Alişer Navoiy va Mirzo Bobur nomi bilan ataladi. Bularning hammasi uluğ şoir, olim va mutafakkir, buyuk davlat arbobi, uluğ hazrat – donolarning donosi Mir Alişer Navoiy bobomiz va özbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk şoir, tarixçi, mohir sarkarda, boburiylar sulolasi asosçisi, özining sermazmun ijodi bilan adabiyotimiz xazinasiga ulkan hissa qöşgan uluğ siymo – Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning hurmatlari uçundir.
Har yili fevral – maktablarda adabiyot fan oyligi deb belgilanadi. Adabiyot fani oyligi doirasida ayni kunlarda buyuk bobokalonlarimiz Alişer Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosiga bağişlangan adabiy keçalar, maʼnaviyat soatlari, maʼrifiy tadbirlar taşkil etilmoqda.
Xolimbeg ovulidagi 17-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham “Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ğazaliyoti muxlisiman” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir taşkil etildi. Öquvçilar Navoiy va Bobur ğazallarini öqişdi, sahna körinişlari ijro etişdi. Ayniqsa, 9-sinf öquvçilari tomonidan ijro etilgan maqom yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir haqiqiy ziyo, maʼrifat va maʼnaviyat keçasiga aylanib ketdi.
Darhaqiqat, ölmas isteʼdod sohiblari Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy merosi oradan beş asrdan ziyod vaqt ötsa hamki, hamon xalqimiz maʼnaviy dunyosini boyitib kelmoqda. Ularning bebaho asarlari va porloq siymosi xalqimiz qalbida abadiy yaşayveradi.
Inobat RAJABOVA, 17-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶