Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar oʻtkazildi
Mamlakatimizda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliq toʻlovchilarga berilayotgan imtiyozlar, soliqlarning tub mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda soliq organlari bilan soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi munosabatlarning oshkoraligini taʼminlash borasidagi ishlar izchil olib borilmoqda.
25-yanvar kuni tuman hokimligining majlislar zalida “Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatini xoʻjalik yurituvchi subʼektlar rahbarlari va hisobchilariga yetkazish yuzasidan seminar tashkil etildi.
25-yanvar kuni tuman hokimligining majlislar zalida “Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatini xoʻjalik yurituvchi subʼektlar rahbarlari va hisobchilariga yetkazish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarni tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Odilbek Ashirboyev ochdi hamda olib bordi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat Soliq boshqarmasining Yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Aydos Seitov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat Soliq boshqarmasining Jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Muhammad Berdiyev, Amudaryo tumani Davlat Soliq inspektsiyasining boshligʻi oʻrinbosari Rasul Oʻrozimbetov, Amudaryo tumani “Soliq-servis” Davlat unitar korxonasi xodimi Sardor Ibragimovlar qatnashdilar. Shuningdek, tuman Davlat Soliq inspektsiyasining maʼsul xodimlari hamda 147 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlari va 65 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok qildilar.
Ushbu seminar 2020-yildan soliq siyosatiga kiritilayotgan yangiliklardan 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi hamda joriy yil uchun “Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida oʻtkazildi.
Seminarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlar, yuridik shaxslarni soliqqa tortish masalasidagi va yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish borasidagi oʻzgarishlar, soliq nazorati shakllari, turlari, oʻtkazish tartibi va muddatlari kabi masalalar yuzasidan mutasaddilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Soʻzga chiqqanlar taʼkidlanganlaridek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 71 bob 480 ta moddadan iborat boʻlib, soliq qonunchiligida qator yangiliklar joriy etilgan. Xususan, soliqlar va yigʻimlarning soni va turlari, alohida soliq rejimlari optimallashtirildi, yaʼni soliqlar oldingi 13 turidan toʻrttasi qisqartirilib, 9 turi, katta boʻlmagan korxonalar uchun esa aylanmadan soliq koʻrinishidagi alohida soliq rejimi saqlanib qolindi. Soliq organlarining ustuvor vazifalari sifatida soliq toʻlovchilar bilan hamkorlik asosida ish yuritish printsipi kiritildi. Yaʼni, soliq organlari soliq toʻlovchilar bilan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini toʻgʻri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shartligi belgilab qoʻyildi.
Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish tizimi tubdan oʻzgartirildi. Soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida ijro etgan soliq toʻlovchilarga 2020-yilning 1-iyulidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hosil boʻlgan ortiqcha summani, yaʼni “manfiy” qoldiq summasini toʻliqligicha qaytarish tartibi joriy etildi. Vaholanki, oldingi Soliq kodeksiga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha “manfiy” qoldiq faqatgina eksportyorlarga qaytarilib kelinayotgan edi. Joriy yilning 1-iyulidan mazkur tartib joriy etilsa, shu yilning oʻzida korxonalarga qoʻshimcha ravishda 2 trln. soʻm miqdoridagi mablagʻ davlat byudjetidan qaytarib beriladi va bu xoʻjalik subʼektlarining moliyaviy holatini yaxshilashga olib keladi.
Yigʻilishda Soliq kodeksiga kiritilgan shu kabi qator yangiliklar haqida tushunchalar berildi. Qolaversa, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgarish hamda qoʻshimchalar bilan ham tanishtirildi.
Seminar davomida xoʻjalik yurituvchi subʼektlar rahbarlari, hisobchilari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun sohadagi oʻzgarishlar, mutaxassislar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan interaktiv usuldagi koʻrgazmali materiallar taqdim qilindi va videoroliklar asosida tushunchalar berildi.
Yigʻilish soʻngida xoʻjalik yurituvchi subʼektlar rahbarlari, tadbirkorlar va hisobchilarning savollariga javoblar berildi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶