ISTEʼDODLI BOLALAR – ONA YuRT TAYaNChI
Davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibordan foydalangan holda, iqtidorini namoyon etayotgan oʻquvchilar talaygina. Ulardan biri Shahlo Qurolovadir. Ayni paytda Amir Temur nomli ovuldagi 62-sonli maktabning 10-sinfida oʻqiyotgan Shahlo maktab boʻsagʻasiga ilk qadam tashlagan kunlaridanoq oʻzining ziyrakligi, intiluvchanligi bilan oʻqituvchilarning eʼtiborini qozondi. Boshlangʻich sinfdan boshlab koʻproq ona tili va adabiyot faniga qiziqdi. “Mustaqillik madhi – bolalar ijodida” Respublika ijodiy ishlar koʻrik-tanlovida ishtirok etganida u 4-sinf oʻquvchisi edi. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan Bilimlar bellashuvining tuman bosqichida ona tili va adabiyot fanidan tumanda faxrli 2-oʻrinni egallaganida esa 5-sinfda oʻqirdi. Tuman XTB va “Barkamol avlod” bolalar markazi hamkorligida oʻtkazilgan “Dillarda Vatan madhi” ijodkor-yoshlar tanlovining tuman bosqichida nazm yoʻnalishi boʻyicha 3-oʻrinni, 2017-2018-yillarda oʻtkazilgan Bilim bellashuvida yana ona tili va adabiyot fanidan tumanda 2-oʻrinni egalladi.
Uning sheʼrlari “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan tayyorlangan “Parvozga shaylangan qaldirgʻochlar” toʻplamida 2018-yili chop etildi. Shu yili Shahlo “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichida “F” guruhi boʻyicha 2-oʻrin gʻolibi boʻldi. Bundan tashqari, Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi tuman Ken-gashi tomonidan 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” mavzusidagi insholar tanlovida tuman miqyosida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida esa “F” guruhi boʻyicha tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Bilimga chanqoq, intiluvchan oʻquvchi-yoshlarimizning borligi biz oʻqituvchilarning qalbini quvonchga toʻldiradi, kasbimizga boʻlgan mehrni yanada oshiradi. Chunki Sh.Qurolova kabi yoshlar bir kuni xalqparvar, vatanparvar, jasoratli insonlar boʻlib shakllanadilar, ona yurt tayanchiga aylanadilar. Ustoz uchun bundan ulugʻ baxt yoʻq.
Gulgina Imasheva,
62-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶