Amudaryo tumani hokimi yoshlar bilan issiqxonaga tashrif buyurdi
Yurtimizda yoshlarning barcha sohalarda yuqori marralarni yegallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosati bugungi kunda yangicha koʻrinish kasb yetmoqda. Yoshlar masalalari, ularning muammolari, qiziqishlarini oʻrganish hamda yaqindan koʻmak berish ustuvor vazifaga aylandi. Yoshlar siyosatiga qonun hujjatlarli bilan huquqiy jihatdan mustahkamlab borilmoqda. Xususan, mamlakatimizda oʻtgan uch yil davomida yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash boʻyicha 43 ta qonun va boshqa meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.
Ushbu yoʻnalishdagi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi tuzildi. Oʻzbekistonda 30-iyun – Yoshlar kuni deb eʼlon qilindi.
Tumanimizda ham yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ertamiz egalari bilan yaqindan aloqa oʻrnatish, ularning takliflari, qiziqishlarini, muammolarini oʻrganish hamda hal qilish maqsadida joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Xususan, 6-fevral kuni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tumanimizdagi barcha sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Dastlab tuman hokimi Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining bir guruh oʻquvchilari bilan birgalikda Toshyop ovuli hududida joylashgan “Mangʻit invest plyus” MChJga qarashli issiqxonaga tashrif buyurdi.
Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish kerakki, “Mangʻit insvest plyus” MChJ 2018-yil oktabr oyida MChJ rahbari Jalgʻas Boymuratovning tashabbusi bilan tashkil qilingan. Jalgʻas Boymuratov Jahon taraqqiyot-tiklanish bankidan kredit mablagʻi olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan.
Taʼkidlash kerakki, “Mangʻit invest plyus” MChJ tashkil qilinishi bilan 16 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, yoshlarimizning bandligini taʼminlashga hissa qoʻshdi.
Uchrashuvda tuman hokimi bugungi kunda yurtimizda qishloq xoʻjaligi sohalarining rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Sultonboy Yoʻldashev oʻz nutqida, mamlakatimizda qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi, tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xoʻjaliklari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganlini eʼtirof etdi.

Shuningdek, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer yegalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov oʻz sohasi yuzasidan yigʻilganlarga qiziqarli maʼlumotlarni keltirib oʻtdi.
Ilhom Polvonov oʻz soʻzida tumanda 32570 ta tomorqa yer egalarida
Uchrashuvda ishtirok etgan Amudaryo tumani kasb-hunar kolleji oʻquvchi yoshlarining qalbida qishloq xoʻjaligi sohalariga, ayniqsa, dehqonchilik sohasiga katta qiziqish uygʻondi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶