NAVOIY QALBLARDA MANGU YaŞAYDI
Ayni kunlarda tumanimizdagi öquv muassasalarida ğazal mulkining sultoni Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligi keng nişonlanmoqda. Bölib ötayotgan tadbirlarda Navoiy asarlarining umumjahon miqyosidagi ahamiyati, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş borasidagi beqiyos katta örni haqida maʼnaviy-maʼrifiy maʼruzalar öqilib, suhbatlar taşkil etilmoqda.
Mir Alişer Navoiy bobomizning maʼnaviyatga töla ijodini örganiş va tarğib qiliş orqali yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida 38-sonli umumtaʼlim maktabida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
“Navoiy qalblarda mangu yaşaydi” deb nomlangan adabiy-badiiy keçada öquvçi-yoşlar özlarining Navoiy asarlarini neçoğlik bilişlarini amalda namoyon etişdi.
Uluğ bobokalonimiz Alişer Navoiy özbek mumtoz adabiyotining tengsiz namoyondasi sifatida yuksak ehtiromga sazovor bölgan inson. Darhaqiqat, özbek tili va adabiyotini Alişer Navoiysiz tasavvur qiliş qiyin. Nafaqat özbek adabiyoti balki turkiy xalqlar adabiyoti Alişer Navoiy bobomizning ijodi bilan bevosita boğliqdir. Şeʼriyat mulkining sultoni hazrat Navoiy tarixda nomlari oltin harflar bilan yozib qöyilgan şoir va olimlar sirasiga kirib, u zotning yozgan asarlari ham dunyo adabiyotida şoh asarlar qatoridan örin olgan. Hazratning purmaʼno şeʼr va ğazallarida ilohiy işq, halollik, poklik, rostgöylik, insoniy uluğ fazilatlar, insonparvarlik, diyonatlilik, saxiylik, kamtarinlik, muloyimlik va hokazo insoniyat uçun qança manfaatlar bölsa, barçasi asarlarda öz aksini topgan.
Maktabning özbek tili va adabiyot fani öqituvçisi Muharram Sobirova mazkur adabiy-badiiy keçada Alişer Navoiy haqidagi maʼruzasida mana şu maʼlumotlarni keltirib ötdi. Öquvçilar ham hazrat Navoiy ijodidan namunalar, yaʼni ğazallar va ruboiylarni ifodali yod aytib berdilar. Navoiy yaratgan “Xamsa” asarining dunyo xalqlari qalbida hamon ham havas, ham hayrat uyğotayotgani, “Xazoyin ul-maʼoniy”, “Muhokamat ul-luğatayn”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlari, ayniqsa, “Hayrat ul-abror” dostonidagi falsafiy fikrlari har bir inson uçun eng qimmatli hayotiy saboqlar berişi haqida tölqinlanib sözladilar.
Keça davomida bobokalonimiz yaşagan davr ruhi aks ettirilgan sahna körinişlarini ham namoyiş etişdi. Sahna körinişlari va keça iştirokçilari tomonidan ijro etilgan ğazal va ruboiylar barçaga juda manzur böldi.
Bölib ötgan adabiy-badiiy keça öquvçi-yoşlar qalbida uluğ mutafakkir asarlarini yanada puxta, mukammal örganiş istagini va buyuk ajdodimiz maʼnaviy merosiga çeksiz mehr uyğotdi. Şu bilan birga millat maʼnaviyatining porloq quyoşi Mir Alişer Navoiy haqida öz bilimlarini yanada boyitişdi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶