XALQARO DÖSTLIK ULUĞLANDI
Har bir xalqning maʼnaviy-maʼrifiy hayotida çuqur iz qoldirgan ardoqli farzandlari dahosiga ehtirom, hurmat bajo keltiriş öşa xalq va millat uçun intellektual mulk sifatida qadrlidir.
Tumanimizdagi 14-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda bu özining yaqqol ifodasini topdi. Qozoq adabiyotining buyuk siymolaridan biri Muqağaliy Muqatayev tavalludining 89 yilligiga bağişlangan mazkur tadbirda nafaqat Muqağaliy Muqatayevning ölmas ijodiga, balki milliy mumtoz va hozirgi zamon qozoq adabiyotiga alohida eʼtibor qaratilib, adabiy-tarixiy maʼruzalar öqildi. Ayniqsa, Muqağaliy Muqatayev qalamiga mansub asarlarning adabiy-badiiy qimmatiga yuksa baho berildi.
Tadbirda buyuk siymoning asarlaridan parçalar aytildi va “Aqquvlar uyqtağanda” poemasidan sahna körinişi namoyiş etildi. Şuningdek, Muqağaliy Muqatayevning şeʼrlaridan ham öqildi.
Keça davomida qozoq tili fani tögarak qatnaşçilari faol öquvçilar tomonidan musiqali dastur namoyiş qilindi. Öquvçilarda qozoq tili va adabiyotiga bölgan qiziqiş yanada kuçaydi.
“Muqağaliy - mangulikka daxldor umr” deb nomlangan mazkur tadbirni maktabning qozoq tili va adabiyoti fani öqituvçilari Mayra Umrboyeva hamda Murod Töramurodovlar tayyorlaşdi. Bölib ötgan tadbir öquvçi-yoşlar qalbida qozoq milliy adabiyotiga, şu barobarida xalqlar döstligi va adabiyotlar döstligiga çeksiz mehr-muhabbat uyğotdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶