28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Qishloq xoʻjaligi 👁 554

TUMANIMIZDA GʻALLAChILIK KLASTERI TUZILDI

TUMANIMIZDA GʻALLAChILIK KLASTERI TUZILDI

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligiga joriy etilayotgan islohotlar mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga va sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Albatta, sohadagi ishlarni ilm, fan yutuqlaridan va jahon ilgʻor tajribalaridan unumli foydalangan holda tashkil etish ham juda muhim.

Joriy yil boshida tumanimizda taʼsischi “Toʻlqinli Ismoil chorvador” fermer xoʻjaligi raisi Shuhrat Matkarimov boshchiligida “AMU RICH HARVEST” gʻallachilik klasteri oʻrnatilgan tartibga koʻra, 2020-yil gʻalla hosilidan boshlab, tashabbuskorning bevosita oʻz xoʻjaligiga qarashli yer maydonlarida hamda boshoqli donni fermer xoʻjaliklaridan shartnoma boʻyicha xarid qilish asosida tuzildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentyabrdagi “Boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 806-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan gʻallachilik klasteri raisi Shuhrat Matkarimov tumanimizda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan 1500 gektar gʻalla maydoni kelajagi uchun shartnoma imzoladi.

Ekilgan bugʻdoy dalalaridan koʻzlanganiday hosil olish uchun barcha fermer xoʻjaliklari hududlaridagi bugʻdoylar agrotexnika qoidalariga muvofiq oziqlantirildi. Xususan, “Amu sohili” fermer xoʻjaligida urugʻ sepilgan vaqtda har gektar hisobiga 400 kilogrammdan fosfor berilgan edi.

Ayni kunlarda esa “Toʻlqinli Ismoil chorvador” chorvachilikka  ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi molxonalaridan mahalliy oʻgʻit olib chiqilib, qish chillasida ham bir tekis yam-yashil boʻlib turgan  bugʻdoyzorlarga sepilmoqda, jarayonning hammasi zamonaviy texnikalar yordamida bajarilmoqda. Vaqtida oziqlantirilgan, sugʻorilgan bugʻdoy dalalaridan 70-80 tsentnerdan hosil yetishtirish imkoniyati yaratiladi.

Gʻallachilik klasteriga  qarashli gʻalla maydonlarida yetishtirilgan hosilni yigʻib-terib olish uchun ham texnikalarni, kombaynlarni shay qilib qoʻyishga eʼtibor qaratilmoqda.

Aytish mumkinki, “Toʻlqinli Ismoil chorvador” fermer xoʻjaligi tumanimizda chetdan ilk zotdor mollar keltirilib, chorvachilik rivojiga ulkan hissa qoʻshgan chorvachilik xoʻjaliklaridan hisobladi.

Gʻallachilik klasteriga asos solgan  mazkur xoʻjalik rahbariyati kelgusida klaster usulida yetishtirilgan gʻallani qayta ishlashni yoʻlga qoʻyishni niyat qilgan. Yaqin kunlarda Turkiyadan zamonaviy un tegirmonini olib kelib oʻrnatishni, mahsulotni qayta ishlash orqali gʻalla yetishtiruvchilar daromadi yuqori boʻlishini taʼminlashni rejalashtirilmoqda.

Qishloq xoʻjaligi tumanimiz iqtisodini yuksaltirishda, aholi farovonligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Bozorlarimiz toʻkin, xalqimiz rizqi moʻl-koʻl boʻlishidan tortib eksportdan qoʻshimcha daromad topishgacha boʻlgan juda koʻp masalalar shu yoʻnalish bilan bogʻliq hisoblanadi. Yuqori hosildorlik va toʻkinlik garovi boʻlgan klaster usuli esa bu borada samaradorlik yuqori boʻlishiga va hosildorlik yanada ortishiga xizmat qiladi.


O. Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026