12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:42
Qişloq xöjaligi 👁 478

Ğallaçilikni rivojlantirişga bağişlangan seminar bölib ötdi

Ğallaçilikni rivojlantirişga bağişlangan seminar bölib ötdi

Bugungi kunda butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabning yuqoriligi tufayli oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qişloq xöjaligidagi mavjud imkoniyat hamda resurslardan samarali foydalaniş, hosildorlikni oşiriş, qolaversa, sohada yangi iş örinlarini yaratiş muhim masalalar sifatida qaralmoqda.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida taşkil etilgan seminar ham qişloq xöjaligining muhim tarmoqlaridan bölgan ğallaçilikni rivojlantirişga bağişlandi. Seminarda respublika miqyosidagi agrar soha masʼullari, professor, olimlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan taqdimotlar orqali keng tuşunçalar hamda yangi bilimlar berdilar.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, tumandagi qişloq xöjaligi sohasi masʼullari, tijorat banklari rahbarlari, tegişli taşkilotlar rahbarlari hamda ğallaçilik bilan şuğullanuvçi fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.

Tuman hokimi Sobir Xöjametov bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan qişloq xöjaligi tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilib, agrar soha bilan şuğullanuvçilar uçun yangi imkoniyatlar hamda şart-şaroitlar yaratilganligini, ulardan öz vaqtida unumli foydalaniş lozimligi xususida söz yuritdi. Tuman hokimi öz sözida soha rivoji yölidagi islohotlarni alohida taʼkidlab ötdi.

Jumladan, davlatimiz rahbarining Qoraqalpoğiston Respublikasining mavjud tabiiy xom aşyo resurslaridan samarali foydalaniş orqali sanoat, qişloq xöjaligi sohalarini jadal rivojlantiriş, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmalarini yaxşilaş, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaş, şu asosda aholi bandligini taʼminlaş hamda turmuş darajasini oşiriş maqsadida imzolagan “Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholi bandligini taʼminlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 66-sonli qarori bilan keng imkoniyatlar eşiklari oçilganligini alohida qayd etdi.

Şuningdek, seminarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdagi asosiy maqsad möl hosil oliş va yaxşi daromad olişdan iborat ekanligi taʼkidlanib, hosildorlikni oşirişda qator tavsiyalar berildi.

Xususan, ekinlarning hosildorligi yuqori bölişida asosan töğri amalga oşirilgan agrotexnik tadbirlar, ösimlik ösişi hamda rivojlanişi davridagi ob-havo şaroiti, bundan taşqari, tuproqning xususiyatlari, navlarni töğri taşlaş, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalaniş kabi omillar muhim ahamiyat kasb etişi alohida qayd etildi.

Qolaversa, boşoqli don ekinlarini yetiştirişda suv taʼminoti oğir maydonlarga suv tejovçi yomğirlatib suğoriş texnologiyalarini joriy etiş hisobiga hosildorlikni yanada oşiriş, uruğni ğöza qator oralariga aniq meʼyorlarda va bir xil çuqurlikda ekiş orqali uni tejaş hamda barvaqt unib çiqişini taʼminlaş zarurligi taʼkidlandi.

Seminarda mutaxassislar fermer va dehqonlarga yuqori ğalla hosili oliş böyiça zarur tavsiya va tuşunçalar berib, savollariga ilmiy asoslangan javoblar berdilar.

Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026