BIR QÖŞIQ JOZIBASI
Bir qöşiq taralayapti.
Ne-ne qalblarni sehrlab, köngillarni sel qilib, yuraklarga huzur-halovat, rohat-faroğat baxş etib, ezguliklarga çorlab, ruhiyat iqlimlariga aʼlo kayfiyat ato etib, mumtoz şeʼriyatimizning beadad xazinasiga mansub bebaho durdona bilan oşno qilib yangrayapti bu qöşiq!
Zulfung oçilib orazi diljö bila öynar,
Xindubaçaye şöxdurur suv bila öynar.
Qöşiq davom etgani sari ovoz kuçaytirgiç yordamida ijro etiladigan “zamonaviy” atalmiş qöşiqlarning quloqni batang etuvçi tovuşiga örgangan ayrim tinglovçilarda ham bu jonli ijro qiziqiş uyğota bordi.
Hofiz esa vujudining har bir hujayrasi bilan kuylayotganday, qöşiq sözlariga mast bölib, ğazal ruhiyatining ummoniga şönğib borar edi. Pardadan pardaga, baytdan baytga ötgan sayin qöşiqning sehrli jozibasi tinglovçilarning diqqatini butunlay jalb qilar edi. Bunda şoirning uşbu satrlari öz tasdiğini topganday edi:
Hofiz avj pardada kuylagani çoğ,
Göyoki taxtida ötirgan podşoh.
U senga jonini berişga tayyor,
“Oh” çekkan çoğida torta olsang “oh”.
Mumtoz şeʼriyatimizni sevgan, buyuk ajdodlarimizga mansub şoirlarimizning ğazallari jon-diliga singib ketgan muxlislar bu ijroçi qiyofasida özlari yetolmagan maqsadga – ğazalni kuy jörligida maromiga yetkazib, öziga ham, tinglovçiga ham manzur qila oladigan darajada ijro qila olişga – erişgan insonni topganlaridan xursand edilar.
Bu qöşiq ijroçisi, tumanimizdagi iqtidorli xonandalardan biri – Töliboy Yöldoşev ham bu davrada qöşiqning qadriga yetuvçi muxlislar topganidan benihoya şod edi va bu tuyğu yanada jöşib kuylaşga undardi. Qöşiqqa qöşiq ulana bordi.
Söz va musiqa uyğunligini, sözni töğri anglaş, bu söz zamiriga yaşiringan maʼnolarni his qiliş, musiqani tuşuniş, lozim bölsa, ular dunyosida yaşaşni qismat bilgan hofiz göyo uqtirayotganday:
“Hayotga bir marta kelasan, şu vaqtgaça nelarni anglading, nelardan bahramand bölding, qarabsanki, hali köp narsaga erişmabsan, demak, komillik istasang, mana senga imkoniyat – buyuk ajdodlarimizning merosini örgan, anglaşga intil va şular orqali özingdan balandroq kötaril, hayotning maʼnosini angla, gözalligini topişga harakat qil va buni yoş avlodga ham örgat!”.
Muxlislarimizni rom etgan, ijodi umummaʼnaviyat xazinasi, milliy maʼnaviyatimizning qomusi bölgan Navoiy qalamiga mansub uşbu ğazal sehrini anglamoq maqsadida uni tahlil qilişga urinib köramiz:
“Badoyeʼ ul-vasat” devonining 166-ğazali şu matlaʼ bilan boşlanadi:
Zulfung oçilib, orazi diljö bila öynar,
Hindubaçaye şöxdurur, suv bila öynar.
Navoiyning örta yoş lirikasiga mansub bu ğazal şoirning şu davrdagi kamolotini, örta yoş gözalliklariga maftunligini va ehtiroslari aks etganligini ifodalab turibdi.
Asarning mazmuni bir qaraganda maʼşuqa jamolini taʼriflaşday körinadi. Ammo undagi taʼrif anʼanaviy tavsifiy ğazallardan keskin ajralib turadi. Maʼşuqadagi har bir xususiyat taʼrifi maʼlum bir qiyosiy tasvir asosiga qurilgan, çunki mumtoz ğazalnavislikning asosiy şartlaridan biri ğazalning har bir baytida bir şeʼriy sanʼat namunasi hamda bir yangilik bölişi kerak. Zulfning eşilib, silkina-silkina yuz tegrasida öynoqlaşi şunçaki quruq tasvirlanmay, unga hayotiy tamsil (öxşatiş) topilgan.
Tamsil usulida suv bilan öynab turgan hindubaçani zulfga öxşatadi. Bu qiyosga hindubaça va zulfning ikki öxşaş belgisi – qoraligi va şöxligi asos böladi. Şuningdek, bu öxşatişdan maʼşuqa yuzining suvday tiniq, musaffo va hayotbaxşligi aniq anglaşiladi. Şoir ğazalning mazmuniga mos, şöx va öynoqi ohang tanlagan.
Ğazalning mumtoz qöşiqqa aylanişi va xalqqa manzur bölişida ham mana şu holat muhim ahamiyatga ega. Ğazal radifiga “öynamoq” feʼli tanlangani ham bejiz emas. Buning sababi, ğazal mazmuni va badiiy tasvir mosligiga erişişga intilişdan iboratdir.
Zulfning bolalarga xos öyinqaroqligi tasviri keyingi baytlarda ham öşa maromda saqlangan:
Ul şöx köngil lavhin etib tiyra nafasdin,
Bir tifldur, alqissaki, közgu bila öynar.
Öynay-öynay boğladi uy-qumni fusundin,
To ğamzasi ul nargisi jo-du bila öynar.
Hayotiy lavhalar bilan qiyoslab tasvirlaş, tamsil usuli bu ğazalda uslubiy vositaga aylangan. Şuni ham taʼkidlab ötiş kerakki, Navoiy poklik, beğuborlik, öyinqaroqlik, çaqqonlik kabi bolalarga xos xususiyatlardan köpgina ğazallarida foydalangan.
Masalan:
Qalağay safhada ruqʼangni körub oqti yoşim –
Tifldekkim, yugurur körsa mulavvan köpalak
baytida “ruqʼa” – xat, maktub, “tifl” – yoş bola, “mulavvan” – rang-barang, “köpalak” – kapalak. Oşiq yorining maktubini öqir ekan, uning közlaridan tomayotgan soğinç yoşlari maktub bitilgan oppoq qoğozga tomib, uning çetlariga, hoşiyasiga tomon sirğalib ketadi, bamisoli yoş bola qanotlari gulrang kapalakni quvlab ketayotganday.
“Qalağay safha”ni ham qadimda atrofi guldor hoşiyali römolning “qalağay römol” deb atalişini luğatlar orqali bilib olganimizdan keyin atrofi rangli guldor hoşiyali, lirik qahramonning maktubi bitilgan oq qoğoz ekanligini tuşunib olamiz.
“Tifl”, “hindubaça”, “muğbaça” timsollari Navoiy ğazallarida köp uçraydi.
Navbatdagi baytda maʼşuqaning közi tasvirlanadi:
Tong yöqki, közing bölsa köngil birla muloyib,
Majnunğa ajab yöq, agar ohu bila öynar.
Baytning mazmunini şunday ifodalaş, mumkin: “Sening közing mening könglim bilan öynaşgani taajjublanarli emas, çunki Majnunning ohu bilan öynaşi tabiiy”. Bundan yana şuni anglasa böladiki, şoir maʼşuqaning közi ohuniki singari gözal, öynoqi ekanligini, şuningdek, lirik qahramon könglining majnunholligini ham söz orasida tasvirlab ötgan.
Maʼşuqa yuzidagi xol ham hayotiy asoslarda aks etgan holda tasvirlanadi:
Bir löliyi bozigar erur çanbar içinda,
Xolingki, öşal halqayi gesu bila öynar.
Bu baytda taʼriflanayotgan xolning jozibadorligi yorning tebranib turgan soçlari orasidan öynaganday bölib körinayotgani çambarak içida öyin körsatayotgan lölivaş gözalga taqqoslangan.
Mustaqilligi bilan ajralib turuvçi, maqtaʼ (oxirgi bayt)dan oldingi baytda şoir zohidga tanqidiy munosabatini tamsiliy usulda qistirib ötadi:
Zohid ila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim,
It sayd qilur vaqtida tulku bila öynar.
Bu baytda itning ov çoğida tulki bilan öyini lavhasi zohidning nafsga munosabatini oçib berişiga xizmat qilgan. Bayt zaminiga nafsning tulkidek hiylagarligi ham singdirilgan. Nafsning kuçi, uni yengiş oson bölmasligi, boşqa mumtoz şoirlar, xususan Pahlavon Mahmudning uşbu ruboiysida ham öz aksini topgan.
Öz nafsingga bölsang amir – şunda mardsan,
Özgalarga bölma haqir – şunda mardsan.
Yiqilganni tepib ötmoq mardlik emas,
Aftodaga bölsang dastgir – şunda mardsan.
Ğazal ixlosmandlarini juda qiziqtirib kelgan tilsimlardan biri yettinçi, tugallanma baytning mazmunidir.
Muğ dayrida mast ölsa, Navoiyni köringkim,
Bir olma kibi gunbazi minu bila öynar.
Bir qaraşda baytning mazmuni juda soddadek tuyuladi. Göyoki “Mayxonada mast bölgan çoğida Navoiyni köringki, u olam gumbazini qölida bir olma kabi öynatiş qudratiga ega böladi”.
Ammo ğazal maqtaʼsining falsafiy tus olişi Navoiy ğazaliyoti uçun umumiy xususiyat ekanligiga köp bora amin bölgan ğazalxonning bu şarhdan köngli tölmaydi.
Mumtoz şeʼriyat tadqiqotçilari bölgan olimlarimizning fikriça, bu bayt içida söfiyona mazmun yaşiringan. Bu fikrlarga köra baytdagi “muğ” – maʼnaviy mayxona, unda mast böliş – Haqqa erişiş timsolidir. Bunda maʼnan şu darajaga erişgan lirik qahramonning olam gumbazini bir olma kabi öynaşi (borliqni maʼnaviy jihatdan tugal anglab yetişi)ni aniqroq tasavvur etiş mumkin.
Ğazal yozişdagi maqsadiga erişmoq uçun Navoiy köp marta zulf tasviriga murojaat qilgan. Fikrimizning isboti sifatida turli ğazallardagi uşbu baytlarni keltirişimiz mumkin:
Ikki zulfung telba könglumğa qaronğu keçalar,
Zaʼfdan behudluğum uyqu ança bu keçalar.
Yoki:
Ikki zulfung tölğonur har dam sabo tahrikidin,
Ikki hindu nağma birla zohir etgandek usul.
Ğazaldagi har bir söz, ibora, taşbeh tasvirlanayotgan manzara yoki timsolga qançalar munosibligi öquvçida zavq uyğotuvçi, hayratga soluvçi xususiyatga ega. Bunga qöşimça ravişda esa ğazal söziga mos musiqani mohirona çaluvçi sozandalik, ğazal sözlarini sohir ovozda kuylovçi xonandalik iqtidoriga ega hofiz Töliboy Yöldoşev ham öz ijrolari bilan yanada yuksak parvozlarga eltuvçi qanot bağişlab kelmoqda. Zero, har bir ğazal yoki şeʼrning muxlis qalbini zabt etişida uning musiqa bilan uyğunlaşuvi va mohirona kuylanişining ahamiyati benihoya kattadir.
Amudaryo tumanining A.Temur nomli ovuli hududida tuğilib, voyaga yetgan Töliboy örta maktabni tugallagaç, 1986-yilda Nukus şahridagi J.Şomurodov nomli bilim yurtiga öqişga kirdi. Özidagi ixlos va iqtidoriga köra, nazarga tuşib, ustozlar olqişiga sazovor böldi. Şuning natijasida 1988-yilda Moskvada ötkazilgan Ittifoq yoşlari festivaliga qatnaşgan Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari qatorida Qoraqalpoğiston vakillari, jumladan, O.Xudoyşukurovlar bilan birgalikda qatnaşdi va öz isteʼdodini qöşiqlar kuylaş orqali namoyiş qildi.
T.Yöldoşev 1992-yildan buyon tumanimizdagi 4-maktabda musiqa fani öqituvçisi sifatida faoliyat yuritib, şogirdlarini sanʼat olami bilan taniştirib, ustozlik qilib kelmoqda.
Öziga talabçan bölganligi sababli öz bilim va malakasini oşiriş maqsadida 2017-yilda Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutiga öqişga kirib, öqiş va iş jarayonini birga olib bormoqda.
Izlanişlar tufayli Töliboyning repertuari tobora boyib bormoqda.
A.Navoiy, Bobur, Ogahiy ğazallari bilan aytiladigan mumtoz, durdona asarlar, zamonaviy şoirlar şeʼrlari asosida yaratilgan özbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tojik tillaridagi qöşiqlar bilan birga afğonça taronalar ham uning ijrosida diltortar navolar sifatida kişini maftun etadi. Töliboyning maşhur hofiz va bastakor Abdulaziz Imomov ijodiga ham ixlosi nihoyatda baland. Şu sababdan hofiz qöşiqlarini örganayotgan paytda ustoz yaşagan, ijod qilgan muhit bilan tanişiş maqsadida 2014-yilda Termiz şahriga borib A.Imomovning xonadonida mehmon bölib, uning oila aʼzolari bilan tanişib, ustozga bölgan hurmat-ehtiromini bildirib, ijod maktabidan saboq olib qaytdi.
T.Yöldoşevning öz mahorati va bilimini oşiriş, repertuarini boyitiş borasidagi saʼy-harakatlarini körib, kelgusida uluğ sanʼatkorlar safidan joy olişiga, munosib izdoş bölişiga işonç paydo böladi.
Atoqli hofiz Şerali Jörayevning faoliyati haqida gapirar ekan, adabiyotşunos, professor Nurboy Jabborov: “Siz öz ijodingiz bilan Navoiyni xalqqa şunçalik yaqin qildingizki, bu xizmatingiz şoir öz qöli bilan tön kiydirişiga arziydi”, degan edi.
Töliboy Yöldoşev ham şoir ğazallari bilan kuylanadigan qöşiqlarni aytib, Navoiy asarlariga eʼtibor va ehtiromni kuçaytirayotgan ekan, albatta, katta mukofotlarga sazovor bölişga arziydi.
Bugungi kunda yangilanayotgan Özbekistonimiz butun dunyo afkor ommasi nazarida yuqori mavqega kötarilayotgan paytda oldimizda yurtimiz kelajagi bölgan yoşlarning tarbiyasiga eʼtibor, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, maʼnaviyatini yuksaltiriş vazifasi turar ekan, buni ado etişda asosiy manbalardan biri ajdodlarimizning maʼrifiy, falsafiy va badiiy merosi bölmoği lozim.
Yurtboşimizning Parlamentga Murojaatida körsatilgan vazifalarni ado etişda ham asosiy faoliyatning deboçasi yurtimizni butun dunyoga tanitgan allomalarimiz qoldirgan bebaho merosni örganişdan iborat bölişi kerak. Şunda hamma işlarda muvaffaqiyatlarga erişuvimizda buyuk vatandoşlarimiz ruhi bizga madadkor böladi.
Maşhur şoirimiz E.Vohidov: “Kişi farzandlarining kamolga yetişida qança köp jon kuydirsa, otasi oldidagi qarzidan qutula boradi”, degan edi. Demak, biz farzandlarimiz oldidagi burçimizni qançalik çuqur his qilsak, harakatlarimiz yönalişi şunçalik aniq bölib boraveradi.
Ahmad NAFASOV,
mustaqil tadqiqotçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶