“BOBURNOMA” – JAHON ADABIYoTINING DURDONA ASARLARIDAN BIRI
Har gal adib nomini jahonga mashhur etgan “Boburnoma” asarini, ayriliq dardi ufurib turgan dilbar gʻazallarini, adibning hayoti toʻgʻrisida yozilgan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini oʻqir ekanmiz, Zahiriddin Muhammad Boburning naqadar buyuk shaxs ekanligiga yana bir bor iqror boʻlamiz.
Bobur dunyoni hayratga sola olgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimon hamdir. Murakkab va ziddiyatli hayoti oʻspirinlikdan to umrining oxirigacha davom etib, jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va magʻlubiyat, ijod-u bunyodkorlik ogʻushida kechdi.
Ajdodlaridan meros jang sirlari, yillar davomida toʻplagan tajribasi hamda taqdirning bergan achchiq saboqlari yordamida Bobur hind diyorida Yevropada keyinchalik “Buyuk moʻgʻul imperiyasi” deb atalgan ulkan saltanatga asos soldi. Bobur va boburiylarning hukmdorligi Hindiston tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. Bobur Hindistondagi din-mazhab janjallarining oldini olishga, mamlakatda osoyishtalik qaror toptirishga urindi.
Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, gʻoyat isteʼdodli farzandi edi. U oʻta notinch, sargardonlikda kechgan umrini zoʻr salohiyati tufayli jozibali qila olgan buyuk shaxs. Uning hayoti faqat janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham toʻla edi. Umr boʻyi ajoyib sheʼrlar yozdi, devon tartib qildi. Z.M.Boburning “Boburnoma” asari nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining eʼtirofiga sazovor asar sanaladi. Bu memuar asarida Bobur oʻn ikki yoshida taxtga chiqishidan boshlab, umrining oxirigacha boshidan oʻtkazganlarini, koʻrgan-kechirganlari, guvohi boʻlgan voqealarni siyosatchi, davlat arbobi, olim, sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi. Shuning uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba boʻla oladi.
Farida YeNDIRBOYeVA,
3-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶