YuRAKDAGI XAZINA
YuRAKDAGI
XAZINA
(oçerk)
Zebo. Ismi jismiga, suvrati siyratiga
mos, istarasi issiq, gap-sözlarida samimiylik balqib turguvçi bu ayolni ilk
marta, körgan kişi: «Munça xuşröy, munça xuştabiat bölmasa bu ayol!» - deya havas
qilişi tabiiy.
Sababi, Zebo Rajabova nafaqat
ayol, ona va nazokatli rafiqa, balki qalami ötkir ijodkor, mohir tarjimon, yuzlab
yoşlarning sevimli ustozi sifatida tanilgan, nafaqat özi tuğilib ösgan Amudaryo
tumanida, hatto Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida yuksak obrö-eʼtibor topgan
ayollardan.
"Amudaryo haqiqati” (hozirgi paytda "Taraqqiyot közgusi”) nomi
bilan minglab muxlislarining eʼtiborini qozongan tuman gazetasida Zebo
Rajabovaning örni katta. U garçi mutaxassisligi pedagog bölsada, gazeta işini tajribali jurnalistlar kabi yaxşi biladigan,
hayotda ham, işda va oilada ham öz tengqurlaridan ança ilgarilab ketgan, barça
masalalarda öz şaxsiy fikriga, öz uslubiga ega ijodkor sifatida şakllangan,
nihoyatda fidoyi inson.
Zebo Rajabova Manğit
şahrining eng fayzli, gavjum Navoiy mahallasida, ziyoli oilasida dunyoga keldi.
Otasi (xudo rahmat qilsin) Jumamurod Rajabovni tanigan va bilganlar «temir
intizomli odam, Jumamurod melisa» deya hurmat-eʼtibor körsatişardi. Boşqird qizi
bölgan onasi (Alloh rahmat qilsin) Daniya xolaning juda köp çiroyli sifatlari
Zebogulga ötgan.
-Oilada 10 nafar öğil-qiz
voyaga yetganmiz, - deydi Zebo bolalik xotiralarini yodga olarkan. -Ota-onam bizga
kamdan-kam hollardagina kiyim-keçak sotib olişardi. Onajonim, keyinçalik
opalarim har xil jemper va koftalar, issiq paypoqlar, römollar töqib berişardi.Onam keçalari neça soat uxlagan ekanlar-a,
deb öylayman hozir. Çunki har gal ertalab örnimizdan turganimizda boş uçimizda özimiz
uçun onajonim tikib qöygan nimça, kostyum, köylakmi, nimadir taxlab qöyilar,
nonuştaga esa doim biron bir şirinlik pişirilgan bölardi.
Oiladagi
bunday batartib hayot tarzi Jumamurod ota bilan Daniya xola farzandlarining qanoatli,
mehnatkaş, sarişta va tejamkor, rejali bölib voyaga yetişişlariga zamin yaratdi.
Örta
maktabni muvaffaqiyatli tugatgan Zebo garçi sinfidagi eng aʼloçi öquvçi bölsa-da,
oilaviy şaroit taqozosiga köra öşa yili öqişga bora olmadi.
-Avval
hayotni örgan, qizim, qobiliyatingni sendan birov tortib ololmaydi, keyin ham öqib
olaverasan, ikkala opang talaba bölsa, onang qiynalib qolmasin, -maslahat berdi
otasi.
Maktabni
bitirgan yiliyoq u tuman axborot-hisoblaş (statistika) bölimida nazoratçi
sifatida ilk iş faoliyatini boşladi. 1978
yildan 1983-yilgaça tuman iqtisodiy hayotiga doir barça
maʼlumotlar yiğiladigan mazkur bölimda Zebo Rajabova şu sohaning yetuk
mutaxassislari bilan bir safda iş olib bordi. Jamoada obrö-eʼtibor topdi.
-Idoramizga
jurnalistlar tez-tez kelib turişardi, - eslaydi Zebo. -Ularning işiga havasim
baland edi. Baʼzan öz qölimdan ötayotgan yuzlab axborotlar, maʼlumotlar asosida
gazetada yoritilayotgan tahliliy maqolalarni öqib: «nega şunday maqolalarni men ham yoza olmayman?»
- deya havasim kelardi.
Ana
şu havasmi yo taqdir taqozosimi Zebo Rajabova mehnat faoliyatining qariyb beş yili «Amudaryo haqiqati»
gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi bilan boğlandi. U tahririyatda dastlab
muxbir, keyinçalik gazetaning qişloq xöjalik bölimi mudiri vazifalarida işlab,
barakali ijod qildi. Iş, oila, jöşqin ijod bilan birga öz bilimini oşiriş maqsadida
Nukus Davlat Universitetining özbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi.
Adabiyotni, adabiy janrlarni, özbek tilşunosligining öziga xos sirlarini, yangi qirralarini
qunt bilan örgandi. Özining lirik şeʼrlari, munozarali maqolalari, yoşlar
tarbiyasiga oid, çuqur falsafiy muşohadalarga boy, ötkir syujetli hikoyalari,
tarjimalari bilan gazetxonlar eʼtiborini qozondi.
-Kasbimni
qançalik sevmay, qölimga özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi diplomini
olgaç, negadir meni maktab ohanraboday öziga tortdi. Bolalar bilan birga,
ularning quvonçlariga oşno bölgim, ularning beğubor olamiga singib yaşagim
keldi, - deydi u.
Ana
şu orzu Zebo Rajabovani 32-sonli maktab bağriga çorladi. Maktabda beş yil
davomida öquvçilarga özbek tili va adabiyoti fanidan saboq berdi.
-Hayotning
özi katta maktab, - deydi u. - Ana şu ulkan maktab taʼlimini olmagan inson hayotdan heç qaçon öz örnini topa olmaydi. Umri ham, iş
faoliyati ham besamara ötadi. Töğrisi, menga iş faoliyatimdagi eng buyuk ustoz -
bu qaynoq va jöşqin Hayot! Bu hayot dargohida
qoqilsam ham, muvaffaqiyat qozonsam ham, bir lahza bölsin, bu maktabdan
bezmadim. Intildim, faqat oldinga intilib yaşadim.
Faqat
oldinga intilib yaşaş, jöşqinlik - Zebo Rajabovaning hayot şioriga aylandi. Uning
taşkilotçilik qobiliyati, işda nihoyatda intizomliligi, kirişimli, samimiy
muomalasi bois, tuman xotin-qizlar qömitasi boş mutaxassisi lavozimiga taklif
etişdi. Uning bu yerdagi faoliyati tahsinga loyiq böldi. Tumanda yoşlar tarbiyasi,
xotin-qizlar hayotiga doir muammolarni hal etiş, giyohvandlikka qarşi, turli yot oqimlar,
ayniqsa diniy ekstremizmga qarşi kuraş mavzularida tuman miqyosidagi tadbirlarni
ötkazişda faollik körsatdi.
1995-yilda yana öqituvçilik faoliyatiga qaytgan Zebo
Rajabova özi mehnat qilayotgan Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi Vazirligiga qaraşli 8-sonli
iqtidorli bolalar maktab-internatida yaxşi öqituvçigina emas, endilikda yetuk
ustoz darajasiga yetdi. Taʼlim sohasidagi özgarişlar, yangi innovatsion
texnologiyalar, körgazmali qurollar asosida dars ötiş, turli maʼrifiy tadbirlar ötkaziş
uning oddiy iş jarayoniga aylandi.
-Bolani
sinfga qamab A.Navoiy ijodiy faoliyatidan ikki-uç kunlab maʼruza öqiganingizdan
köra Navoiy asarlari böyiça bir soatlik sinflararo bahs-munozarali tadbir yoki
musiqiy keça ötkazişning ahamiyati juda katta, - deydi Zebo öz iş faoliyati haqida
sözlarkan. - Köpinça şunday tadbirlardan
keyin qizlarimiz Guli yoki Şiringa, öğil bolalarimiz Farhodga xos xislatlarni
takrorlayotganlarini, Navoiy asarlaridagi ijobiy qahramonlarga öxşaşga harakat qilayotganlarini
his qilib quvonib ketaman. Şu örinda adabiyot, ayniqsa, özbek adabiyoti yoşlar
tarbiyasida, ularning maʼnaviy yetuk insonlar bölib voyaga yetişlarida eng kuçli
tarbiya quroli ekanligini taʼkidlagim keladi. Men öquvçilarimdan har bir darsda
kim qanday adabiy kitob öqiyotgani haqida söraşdan, ular bilan suhbatlaşişdan,
bir döst kabi sirlaşişdan çarçamayman.
Asrimiz
boşida buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: «Tarbiya biz uçun yo hayot - yo
mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» deya bong
urganlarida naqadar haq ekanligini nafaqat öşa davr, balki bugungi davrimiz ham
qayta-qayta isbotlamoqda. Çunki yomon tarbiya nainki bir inson, balki butun bir
millat, mamlakat yoki dunyo uçun falokat keltiradi. Yaxşi tarbiya esa insonni ham, hayotni,
millat va mamlakatni, dunyoni kulfatlardan asraydi. Biz öqituvçilarning zimmamizga ana şunday buyuk va saodatli vazifa yuklangan. Inson
va millat, hayot va mamlakat, dunyo taqdiri işonib topşirilgan. Biz şunga munosib
ravişda işlaşimiz kerak.
Bunday
hayot tarzi Zebo Rajabovaga xos ezgu fazilatlardan biri, xolos. Özbekiston
jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston
xalq taʼlimi aʼloçisi, yoşlarning sevimli ustozi Zebo Rajabova jamoada jamoatçi
va faol hamkasb, şogirdlari davrasida ardoqli ustoz, kuyunçak va fidoyi
muallima, qavm-qarindoşlar içida odamgarçilikni joyiga qöyadigan oqibatli, epli
kelin, oilada sevimli rafiqa, mehribon ona, qadrdon buvi! Qaynotasi
Ozod aka Eşniyozov va qaynonasi Roziya opa uni aslo kelinim deyişmaydi, balki:
-Zebogul
qizim, Zebojon bolam, - deya alqaşadi.
Umr
yöldoşi Şavkatjonni sözlatsangiz butun mehr-muhabbatini
bir sözga jamlab: «umrim Zebosi!» - deydi
samimiyat bilan. Şu oddiygina eʼtirof bilan öz rafiqasining oilada, öz hayotida
tutgan mavqeining naqadar buyukligini ifoda etadi u.
Ana
şunday ahil juftlikning şirin mevalari Barnoxon ham onasi kasbini tanladi. Rus
tili va adabiyoti fani öqituvçisi, baxtli oila bekasi. Öğli Farruhjon Manğit kasb-hunar kollejining huquqşunoslik bölimini tugatib, ayni paytda Manğit şahrining "Döstlik”
mahallasi posboni vazifasida xizmat qilmoqda.
-Yaqinda
nevarali böldik, - deydi quvonç bilan Zebo. - Bir pasda buvi ham bölib qolibman.
Bayram kunlarida, tavallud
kunida Zebo Rajabovaning uyida telefon qönğiroği
tez-tez jiringlaydi. Toşkentdan, Nukusdan, Urgançdan, qöyingki,
mamlakatimizning turli hududlarida taʼlim olayotgan, mehnat qilayotgan şogirdlari
opani yöqlaşadi. Bayram bilan, tavallud ayyomi bilan qutlaydi.
Zebo
Rajabova 30 yillik pedagogik faoliyati
davomida qança-qança öquvçilarini mustaqil hayotga kuzatgan, oq yöl tilagan bölsa-da
heç qaçon «Falonçi mening şogirdim», demaydi.
- Özim öqitdim, deb hamma öquvçilarni «şogirdim», deyiş
notöğri, - deydi u. - Sendan saboq olgan, sening
bilimingni, hayotga qaraşlaringni, fazilatlaringni tan olgan, qadrlaydigan öquvçingning
özi «Ustoz!» deb huzuringga keladi. - Ana
şu öquvçing senga munosib şogird. Sinf töla bolaning hammasini «şogirdlarim»,
deya daʼvo qiliş - öqituvçiga munosib emas. Biz muallimlar bolalar qalbida hurmat,
eʼtibor, havas uyğota oladigan fazilatga ega bölmoğimiz kerak.
Bu
Zebo Rajabovaning tajribali muallima va ijodkor inson sifatidagi xulosasi, şaxsiy fikri. Biz uni zimdan kuzatib, fikrlarini tinglarkanmiz, Zebogulning yana bir gözal xislatini kaşf etdik: oddiylik va kamtarlik. Nazdimizda ana şu oddiyligi, kamtarligi Zebo Rajabovani el
sevgan ijodkor-muallima sifatida tanitgan, şaxs sifatida şakllantirganday:
U
şundayin yaşaydi. Oddiy,
Mehnat
erur umrin bezagi.
Martabasi,
hatto mansabi-
Oddiygina
muallimligi.
Şunday
yaşar, har bitta bola,
Uning
közin nuri, qaroği.
Va
könglida gullagan lola-
Kelajakning porloq çiroği.
Bu
hayotdan topgan bir komi
Kamtargina
oilasidir.
Ustoz
degan uluğvor nomi
Yurakdagi
xazinasidir.
Robiya
YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Amu news” ning maxsus muxbirlari.
Suratda: Zebo Rajabova şogirdlari
davrasida

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶