30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:54
Maqolalar 👁 352

HAYoT – HIKMATLAR XAZINASI, UNI QADRLANG!

HAYoT – HIKMATLAR XAZINASI,  UNI QADRLANG!

Hayot nima oʻzi? Kim bu haqda toʻliq javob beradi? Kim hayotning asl mohiyatini tushuntirib bera oladi? 

Hayot – bu insonlarga sinov uchun maʼlum vaqtga belgilab berilgan umrdir. Hayotni har kim oʻzicha tasavvur qiladi. Va har bir inson hayot yoʻllarini turlicha bosib oʻtadi. Kimdir oz muddat yashagan boʻlsa ham odamlarga yaxshilik qilib, oʻzidan yaxshi nom qoldiradi va odamlar uni eslab yurishadi. Yana kimlardir oʻz hayotida hech kimga yaxshilik qilmay, nom-nishonsiz bu hayotdan oʻtib ketadi. Demak, inson hayoti qadri qancha yashagani bilan emas, qilgan yaxshi amallari bilan qadrlanadi.

Bir kuni donishmand Luqmoni Hakimdan soʻrashibdi:

– Siz bunchalik donolikni qayerdan oʻrgangansiz va kimdan saboq olasiz?

Shunda Luqmoni Hakim javob beribdi:

– Men hamma narsani hayotdan oʻrganaman, chunki hayotning oʻzi hikmatli muallim. Saboqni ham hayotdan olaman, sababi, hayotda hamma narsa boʻladi, men shularni kuzatib, saboq chiqaraman. Men ming yil yashagan boʻlsam ham hayotni toʻliq oʻrganolmadim, chunki hammaning hayoti har xil. Ming yil yashagan boʻlsam ham hayotga toʻymagandekman. Men hali hayotni butunlay tushunolmadim. Bu savolingizga hayotni butunlay oʻrganib, keyin toʻliq javob beraman, hozir bu savolga toʻliq javob bergani ojizlik qilaman. Chunki hayot qanchalik uzun boʻlmasin, koʻz yumib-ochguncha oʻtib ketadi, – deb javob bergan ekan.

Darhaqiqat, kecha atak-chechak qadam tashlayotgan bola edik. Bugun hayotning achchiq-chuchugini totgan, hayotni tushunishga va oʻz oʻrnini topishga urinayotgan odamlarmiz. Ertaga tobora umri poyoniga yetayotgan qariyalarga aylanamiz. Bu hayotimizning achchiq haqiqatlari va tabiat qonuni. Tugʻilish – oʻlish, topish – yoʻqotish, bu hayotning oʻzgarmas haqiqatlari.

Nega hayot bunaqa chigal va murakkab? Kimdir yigʻlaydi, kimdir kuladi. Kimdir baxtini topadi, kimdir armonlarga koʻmiladi, orzulari xuddi shisha  kabi chil-chil sinadi. Kimdir yaxshilik qilsa, kimdir yomonlikni oʻylaydi. Kimdir doʻstiga, sevgisiga vafo qilsa, yana kimlardir dushmanlik qilib, xiyonatni tanlaydi.

Xoʻsh, hayotimiz mazmunli boʻlishi, qoqilmaslik, oʻz oʻrnimizni topishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Mening hayotimda topgan oʻz haqiqatlarim bor: men jahlimni sabrim bilan, yomonliklarni yaxshilik bilan yengaman. Armonlarimni orzularim bilan bezayman. Ertangi kunimga umid qilib, oʻtgan kunimdan saboq chiqaraman. Eng muhimi, bu hayotda faqat yashash uchun yashayman, hamma narsani yurakdan qilaman. Har bir narsadan yaxshilik axtaraman, hamma narsani yaxshilikka yoʻyaman. Boshqalar qanday yashaydi, bilmayman, mening hayotdan uqqanim shu.

Azizlar, aslo muvaffaqiyatlaringiz bilan maqtanmang, maqtanish har bir esi pastning qoʻlidan keladi. Agar maqtanmoqchi boʻlsangiz, qiyinchiliklarni  yenga bilishingiz bilan maqtaning. Chunki qiyinchilikni yengish insondan donolikni talab etadi.

Sizga bir marta beriladigan hayotingiz bekor oʻtmasin, chunki hayot sizning eng qadrli narsangizdir. Faqat yaxshilikni axtaring, shunda hayot ham sizga kulib boqadi. Hayot – hikmatlar xazinasi. Siz uni ehtiyot qiling, chunki siz, albatta, kimgadir yoki kimlargadir keraksiz.

Zebo DAMIROVA,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026