Tadbirkorlar jamoatçilik Kengaşi yiğilişi ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi, Tadbirkorlikka kömaklaşiş markazi bilan birgalikda faol tadbirkorlar, huquqşunoslar va jamoatçilikning boşqa vakillari iştirokida ötkazilgan yiğilişda tadbirkorlar jamoatçilik Kengaşi tarkibi saylangan edi.
Şunga köra, tadbirkorlar jamoatçilik Kengaşining iş rejasi belgilab olindi va tasdiqlandi. Ayni paytda Boş vazir qabulxonasi, tuman hokimligi va boşqa taşkilotlar bilan doimiy ravişda hamkorlikda mazkur iş rejaga muvofiq ravişda tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Yaqinda tadbirkorlar jamoatçilik Kengaşining navbatdagi yiğilişi ötkazildi. Unda iştirok etgan kengaş aʼzolari tadbirkorlikka tösqinlik qilayotgan muammolar yuzasidan takliflarini bildirib ötdi. Mazkur takliflar keng muhokama etilib, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasiga taqdim etildi.
Taʼkidlaş kerakki, tuman Tadbirkorlikka kömaklaşiş markazi, Adliya bölimi, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşlari bilan hamkorlikda joylarda tadbirkorlarga sohadagi özgarişlar, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng tuşuntirilmoqda. Tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oşiriş va iqtisodiy könikmalarini şakllantiriş böyiça Tadbirkorlar qabulxonasi, jamoatçilik Kengaşlari va boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
M.Örozboyev, Tadbirkorlarning jamoatçilik kengaşi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶