SÖNMAS YuLDUZ
Zulfiya – XX asr özbek şeʼriyatining yulduzi, özbek millati ğururi.
Betakror isteʼdod egasi, jöşqin va sermazmun ijodkor, ötkir qalam sohibasi, mahoratli tarjimon, jamoat arbobi, özining butun hayotini oilasiga, xalqiga, ona Vataniga, ijodga baxşida etgan. Uning hayot yöli har bir inson uçun ibrat maktabi böla oladi.
Zero, Zulfiya ismini tilga olişimiz bilanoq köz öngimizda sinovlarda toblangan, qiyinçiliklarga doş bergan, kuçli irodali, aql-zakovatli, şijoatli, sadoqatli ayol siymosi gavdalanadi. U sadoqat, matonat timsoli, unda haqiqiy özbek ayoliga xos barça fazilatlar mujassam.
Zulfiya har bir şeʼrida, har bir satrida bahor tarovatini, sof sevgini, vafodorlikni, vatanparvarlikni, baxtni, hayotni kuyladi.
“Hayot kemasi” nomli şeʼrida:
Hayot işq bölib undaydi olğa,
Kimningdir pinhon taşvişi.
Kemamni surar naq darğa,
Şu kimsa taqdiri bölib menga kuç,
Olib yurur tölqin oppoq yölida.
Bunda baxtli ekanidan ğururlansa, goh baxtining kemtikligidan afsuslanadi. Lekin baribir u yaşaşga, ijod qilişga taşna!
Hijroning qalbimda, sozing qölimda,
Hayotni kuylayman, çekinar alam.
Tunlar tuşimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
Uning ijodi ingliz, frantsuz, nemis, yapon, hind, rumin, polyak, möğul, bolgar, arab, fors, rus hamda qardoş xalqlar tillariga tarjima qilingan. Zulfiya – tinçlik va döstlik kuyçisi. U Osiyo-Afrika birdamligi Kengaşi, Yozuvçilar uyuşmasining, Xotin-qizlar qömitasining vakili sifatida Hindiston, Avstraliya, Yaponiya, Birma, Şri-lanka, Yugoslaviya, Bolgariya va yana köplab boşqa mamlakatlarda böldi.
Birinçi Prezidentimiz I.Karimov şunday degan edi: “Zulfiyaning jahon minbarlaridan yangragan şeʼrlari Şarq ayolining zakovati, fazl-u kamolining ifodasi sifatida millionlab şeʼriyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan”.
Zulfiyaning quyidagi oltin satrlari bugun xalqimizning unga bölgan eʼtiborini tasvirlaganday göyo:
Eʼzozlar, ardoğlar uçun taşakkur,
Asli siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin, dorilomon hur,
Baxtim şul – özbekning Zulfiyasiman.
Bugun Zulfiya qizlari har sohada ildamlab, unga munosib bölmoqda.
Zulfiyaning ölmas asarlari, betakror şeʼrlari va porloq siymosi barçamizning qalbimizda mangu yaşaydi.
Nasiba YeŞMUPODOVA, 55-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶