14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 10:59
Sport 👁 692

YoSh STOL TENNISChILAR MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

YoSh STOL TENNISChILAR MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Bahorning ilk bayramida nafaqat goʻzal va nazokatli ayol-qizlarimizni sharaflovchi bayramona tadbirlar, barcha sohalarning faoli boʻlgan bu aziz insonlarga cheksiz hurmat va ehtirom tariqasida turli sport musobaqalari ham oʻtkazilishi yaxshi anʼanaga aylangan. Zero, Ayolning, onaning qadr-qimmatini hamisha baland tutish – xalqimiz uchun azaliy qadriyat hisoblanadi.

Ushbu goʻzal bayram munosabati bilan 56-sonli umumtaʼlim maktabida Bolalar va oʻsmirlar sport  maktabi birinchiligi uchun boʻlib oʻtgan stol tennisi boʻyicha sport musobaqalari ham munis va mehribon ayollarga bagʻishlandi.

Tumandagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining stol tennisi boʻyicha murabbiylari ishtirok etgan mazkur guruhlararo musobaqalarda BOʻSM murabbiylaridan Dilshoda Rajabova, Hamida Rajabova, Guloyim Masharipova, Feruza Qobulova, Fozil Yeshchanov, Nasiba Ermanova, Akbar Mavlonov, Jahongir Jamolovlar 56-sonli maktabning stol tennisi toʻgaragi shugʻullanuvchilarining mahoratlarini xolislik bilan kuzatib bordilar.

Shunisi eʼtiborga molikki, 56-maktabda bir necha yillardan beri stol tennisi toʻgaragi faoliyat olib boradi. Mazkur toʻgarakka Dilshoda Rajabova murabbiylik qiladi. Toʻgarak mashgʻulotlarida uzviylikni taʼminlash, toʻgarak aʼzolarining mahoratlarini tinimsiz oshirib borish, ularni turli musobaqalarga tayyorlashda Dilshoda Rajabova stol tennisi boʻyicha mahoratli murabbiylar ishtirokidagi sport musobaqalari, mahorat darslari tashkil etishga alohida eʼtibor qaratadi. Aziz va nazokatli ayollar sharafiga tashkillashtirilgan musobaqa ham bir tomonning gʻolibligi va ikkinchi tomonning magʻlubligini aniqlashni emas, balki sportning ushbu turiga qiziquvchi yoshlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Maktabning tennis toʻgaragi aʼzolari boʻlgan 1- va 4-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur musobaqalarda yosh tennischilar oʻzlarining epchillik va chaqqonliklarini amalda namoyish etdilar. Murabbiydan ushbu sport mahoratini oʻrgangan yosh tennischilar musobaqa davomida bir-birlaridan ortda qolmaslikka harakat qildilar.

Guruhlararo oʻtkazilgan qizgʻin bahslarda oʻgʻil bolalar oʻrtasida Joʻrabek Erkayev 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrin Ruslan Olimboyevga, uchinchi oʻrin esa Javlon Chovdirovga nasib etdi.

Qizlar guruhidagi bahslar yanada qiziqarli boʻldi. Oʻzlarining chaqqonligi va epchilligini goʻzal oʻyinlar orqali koʻrsata olgan goʻzal sportchi qizlardan Maftunaxon Qodirboyeva 1-oʻrin sohibasi boʻldi. Rayxona Toʻraboyeva ikkinchi, Maftuna Shukurullayeva esa uchinchi oʻrinni egalladilar.

Bayram munosabati bilan qizgʻin tarzda oʻtkazilgan musobaqa barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Boʻlib oʻtgan bahslar yakunida ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019