17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 20:17
Jamiyat 👁 377

SUMALAK SAYLI BOʻLIB OʻTDI

SUMALAK SAYLI BOʻLIB OʻTDI

Xalqimizning eng qadimiy, milliy bayrami Navroʻz – yaʼni bahoriy tengkunlikni doimo orziqib, koʻngillarimiz talpinib kutamiz. Ushbu bayramning uzviy qismi hisoblanmish sumalak saylini sogʻinamiz. Bu bejiz emas. Boisi har yili qoʻni-qoʻshni, yaqinlar bilan koʻpchilik boʻlib qaynatiladigan bu darmonbaxsh taomning toti yil boʻyi tilingizdan ketmaydi, chor-atrofdagi mahalladoshlarga kosalab tarqatish asnosida keksalarning qiladigan duolaridan koʻnglimiz togʻday koʻtariladi.
Doshqozon atrofidagi qoʻling-qoʻlingga tegmay, yugurib-yelib, sumalak maysasini kelida tuyib, olov yoqib, suv tashib qilingan mehnatlar charchogʻi sumalak qirmizi rangga kirib, pishganidan darak berganida butun vujudingdan chiqib ketganday boʻladi goʻyo. Oʻyin-kulgular, hazil-mutoyibalar va ezgu tilaklar saylga oʻzgacha shukuh bagʻishlaydi.

Shu yil 14-mart kuni 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilar jamoasi ham oʻzlari mehnat qilayotgan maktab hovlisida sumalak saylini oʻtkazishdi.

Avvalo – shuni taʼkidlash kerakki, maktab pedagogik jamoasi oʻquvchi-yoshlarga bugungi kun talablariga monand taʼlim-tarbiya berishmoqda. Bitiruvchilari orasida koʻplab mohir oʻqituvchilar, taniqli shifokorlar, sanʼat ustalari yetishib chiqmoqda. Boks boʻyicha xalqaro musobaqalar gʻoliblarini, Oʻzbekiston chempionlarini tarbiyalagan taʼlim maskanida yilning muhim sanalari, qutlugʻ kunlarni munosib nishonlashga ham ulkan ahamiyat beriladi.

Sumalak bahona diydorlashish, hayotiy saboqlaridan bahramand boʻlish niyatida taklif etilgan ovulning nuroniy onaxonlari, faxriy oʻqituvchilar koʻmagida yoshlar yugurib-yelib xizmat qilishdi. Onaxonlar maslahatlariga koʻra, sumalak tayyorlash jarayoni boshlab yuborildi.

Maʼlumki, sumalak pishirishning ham oʻziga xos, qatʼiy amal qilinadigan tartib-qoidalari bor. U shunchaki koʻpchilik boʻlib yigʻilishib taom tayyorlash emas, balki asrlar osha avloddan avlodga oʻtib, yashab kelayotgan xalq qoʻshiqlari, laparlari, oʻyinlari ijro etiladigan, oʻtin yorayotgan, suv tashiyotgan yigitlarning abjirligi, kuchliligini, qizlarning sumalakka andarmon ayollarga koʻmaklashishida chaqqonligi, odobi va muomalasi sinovdan oʻtkazilgan. Mazkur maktabda ham sumalak sayli ana shunday tartib-qoidalari, oʻyin-kulgulari, raqslari bilan oʻziga xos esda qolarli tarzda oʻtkazildi.

Mahallaning faol onaxonlari maslahatlariga koʻra maktab hovlisida ertalabdan sumalak uchun zarur boʻlgan narsalar taxt qilib qoʻyildi. Ushbu taom uchun muhim boʻlgan bugʻdoy maysasini oʻquvchilar kelida tuyib, yetkazib turdilar. Undan chiqqan shirali suv ketma-ket doshqozonga solinib, maromiga yetgunicha qaynatildi. Bitiruvchi sinf oʻquvchilari, ayniqsa, gʻayrat bilan mehnat qilib, onaxonlar, ustozlari duosini olishdi. Sumalakka hissa qoʻshish niyatida kelgan barcha ishtirokchilarga dasturxon ham yozilib, taomlar tortildi.

Oʻzgacha mehr bilan qilingan mehnatlar samarasi – totli taom tayyor boʻlganidan soʻng, barcha oʻquvchilarga, chor-atrofdagi xonadonlarga tarqatildi.

Ushbu tadbirning oʻzi oʻquvchi-yoshlar uchun Navroʻz bayramining uzviy qismi – sumalak sayliga xos xalqimizning qadimiy va hamisha navqiron urf-odatlari, anʼanalarining qadr-qimmatini yaqqol koʻrsatib beruvchi bir hayotiy saboq boʻldi.

O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019