17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 18:54
Jamiyat 👁 275

Qipchoq ovuliga yangi transformator oʻrnatilib, aholi muammosi hal qilindi

Qipchoq ovuliga yangi transformator oʻrnatilib, aholi muammosi hal qilindi

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham aholi murojaatlarini oʻrganish hamda ijobiy hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tegishli masʼullar qatorida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham chekka hududlarga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazishmoqda va ularning yashash sharoitini, qiynayotgan muammolarni oʻrganishmoqda. Joyida bartaraf etib, toʻgʻri yechim topishga, xalqning ogʻirini yengil qilishga harakat qilishmoqda.

Joriy yilning 25-fevral kuni tumanimizdagi Qipchoq ovuli hududida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Baltabayev ishtirokida aholi bilan uchrashuv oʻtkazilgan edi. Deputat va saylovchilar uchrashuvida hudud aholisini qiynab kelayotgan qator muammolar toʻgʻrisida murojaatlar tinglandi. Jumladan, uchrashuvda fuqarolar tomonidan Qipchoq ovuli hududidagi Qayrovul va Koʻkchi aholi punktlarida elektr energiyasi uskunalarining nosozligi hamda yangi elektr uskunalariga ehtiyoj borligi  yuzasidan murojaat kelib tushgan edi. Deputat soʻroviga asosan mazkur muammoni mutasaddilar oʻrganishdi hamda tuman elektr korxonasi bilan hamkorlikda hal qilishdi.

Shu oʻrinda aytish joizki, davlatimiz rahbarining «Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», «Xalqimiz oʻz hayotida ijobiy oʻzgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun koʻrishi kerak» kabi el-yurtimiz qalbi va ongidan chuqur joy olgan soʻzlari bugun mamlakatimizda barcha soha, tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, ularning gʻoyaviy oʻzagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini taʼminlash, odamlarimizni rozi qilish yoʻlidagi ishlar aynan ana shunday ezgu gʻoyalar asosida olib borilib, tobora yangi maʼno va mazmun bilan boyib bormoqda.

Insonlarni rozi qilish, ularning mushkulini oson qilish hamda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi “Past kuchlanishli elektr uskunalarini yaxshilash va modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, isteʼmolchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida deputatlar tuman elektr taʼminoti korxonasi bilan hamkorlikda Qipchoq ovuli hududidagi xayrli ishni amalga oshirdilar. Hududdagi Koʻkchi va Qayrovul aholi punktlarida aholining elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarini bartaraf qilish maqsadida yangi elektr yetkazib beruvchi uskunalar oʻrnatildi.

Shu maqsadda Qipchoq ovuli Koʻkchi va Qayrovul aholi punktlari hududiga 20 ta beton ustun qoʻyildi. Koʻkchi aholi punktida 75 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, evaziga kuchlanishi 10 kvt.ga ega, uzunligi 420 metr boʻlgan havo liniyasi tortilib, quvvati 160 kvt.ga ega boʻlgan yangi zamonaviy transformator oʻrnatildi. Qayrovul aholi punktida esa 70 mln. soʻm mablagʻ evaziga kuchlanishi 10 kvt.ga ega, uzunligi 283 metr boʻlgan havo liniyasi tortildi va quvvati 160 kvt.ga ega boʻlgan yangi, zamonaviy transformator oʻrnatildi.

Har ikkala ovul fuqarolari yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan bu kabi taʼmirlash, obodonlashtirish ishlaridan nihoyatda mamnun boʻldilar. Koʻpdan beri aholini qiynab, tashvishga solib kelayotgan mazkur muammoni bartaraf etishda koʻmaklashgan deputatlarga, masʼullarga va tuman Elektr taʼminoti korxonasiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Aholi muammolarini joyida hal qilish insonlarning tinch va farovon hayot kechirishini taʼminlash bilan birgalikda xalqning davlatga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019