Hovlingiz ozodami?
Bugungi kunda hayotimizning yanada körkam va farovon bölişi uçun eng avvalo har bir xonadonda, oilada sanitariya madaniyatini, soğlom turmuş könikmalarini şakllantirişimiz zarur. Şundagina soğlom turmuş tarzi mustahkam qaror topib, özimizni kasalliklardan himoyalagan bölamiz. Buning uçun oddiygina sanitariya qoidalarga amal qilsak kifoya. Soğlom yaşab, osoyişta turmuş keçirişning öziga xos tartib-qoidalari bor. Şunday ekan, birgalikda iş yuritib, özimiz yaşayotgan mahallamiz, xonadonimizni, hovlimizni toza, tartibli, gözal maskanga aylantiraylik. Buning uçun:
- hovlingizni özingizga mos va qulay ravişda jihozlang, zamonaviy körinişda bölsa yanada yaxşi. Demak, yaşaş xonalari, oşxona, tandirxona, hojatxona, molxona va tovuqxonalarni qurişda va taʼmirlaşda quriliş taşkilotlari mutaxassislari bilan bamaslahat iş tuting;
- hovlidagi mavjud vodoprovod suvidan tejab foydalaning. Içimlik suvi taşib keltiriladigan xonadonlarda içimlik suvini qopqoqli idişlarda saqlang;
- ota-bobolarimiz hovlida çuqur qazib, har kungi çiqindilarni şu çuqurga kömganlar, hatto kir yuvgaç, kir suvlarini öraga tökişgan. Ana şu oqilona tajribani bugungi kunda ham qöllasak, ayni muddao bölar edi;
- yuviniş joylari hovlining bir çekkasida bölgani maʼqul. Unga boriladigan yölaklar beton yoki ğişt bilan qoplangan bölişi zarur. Xonadonimiz oila aʼzolari alohida sovun, tiş çötkasi va soçiqdan foydalanişlari lozim. Farzandlaringizni ozoda va soğlom turmuş tarziga amal qilib yaşaşga örgating. Tozalik va orastalikka amal qiliş orqali yuqumli kasalliklarning oldini oliş mumkinligini qayta va qayta tuşuntiring.
Yuqorida keltirib ötilgan tavsiyalarga amal qiliş orqali Siz oilangizda soğlom muhit yaratib, xonadoningiz aʼzolarini yuqumli kasalliklardan himoyalagan bölasiz.
Rozajon GulmOnova,
DSENM sanitariya şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶