AHOLI BANDLIGIGA KOʻMAKLAShISh MAPKAZI IShSIZ FUQAPOLAPGA KOʻMAKDOSh BOʻLMOQDA
Koronavirus – dunyo mamlakatlari tomonidan pandemiya sifatida tan olinib, bu ofatga qarshi keskin kurash boshlanishi bilanoq mamlakatimizga ushbu kasallik kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan keskin choralar koʻrildi. 19-mart sanasida bu borada Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi. Ushbu Farmon asosida Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi tomonidan Inqirozga qarshi jamgʻarma hisobidan Jamoat ishlari jamgʻarmasiga qoʻshimcha 200 mlrd. soʻm ajratildi.
Mablagʻlar ishsiz, band boʻlmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash, shuningdek, mahallalarda qoʻshimcha infratuzilma obʼektlari va obodonlashtirish, koʻklamzorlashtirish hamda qurilish ishlariga yoʻnaltirilishi reja qilingan edi. Bu boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida har bir tuman va shaharda koronavirusga qarshi kurashish, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo, transport, logistika sohalari va boshqa korxonalarning barqaror ishlashini taʼminlash kabi maqsadlar koʻzda tutilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Inqirozga qarshi kurashish Pespublika komissiyasining 2020-yil 27-martdagi 18-sonli bayonnomasiga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishi davrida ishsiz fuqarolar, chet davlatlarga ishlash uchun chiqib keta olmagan shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik ishsiz qolgan xodimlarni jamoat ishlariga jalb qilishni kengaytirishga ruxsat berildi. Shu bois, tumanimizda koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yilning aprel oyida markaz tomonidan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga 633 nafar fuqaro jalb qilinib, ularga har besh kundan ish haqlari berib borilmoqda. Tarmoqlar boʻyicha 274 nafar fuqaro vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi va ayni paytgacha ularga 91 mln. soʻm miqdorida ish haqi berildi.
Shu kunlarda markaz tomonidan pandemiya sababli haq toʻlanadigan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolar karantin tartibiga rioya qilgan holda mehnat faoliyatlarini amalga oshirishmoqda. Ayniqsa, tumanimiz hududiga kirish chegarasida tashkil etilgan blok-postlarga posbon sifatida vaqtinchalik ishlarga jalb etilgan fuqarolar oʻz ishlariga astoydil yondoshib, karantin munosabati bilan oʻrnatilgan tartib-qoida va cheklovlarga qatʼiy amal qilinishi taʼminlanishiga koʻmak berishmoqda. Choykoʻl ovuli va Bogʻ mahallasida tumanimiz hududiga kirish chegarasiga oʻrnatilgan blok-postlarda ham vaqtinchalik ishga jalb etilgan fuqarolar dezinfektsiya va nazorat ishlarini amalga oshirib, koronavirusning tumanimizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga fidoyilik bilan hissa qoʻshishmoqda.
Fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolgʻiz kishilarga xizmat koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratildi. 30 nafar fuqaro aynan ana shunday yakka-yolgʻizlarga qarovchilar sifatida vaqtinchalik ish bilan taʼminlandilar va ularga 9 mln. soʻm ish haqi hisob-kitob qilindi. Shuningdek 18 nafar kishi SEO markaziga dezinfektsiya ishlariga, 11 nafar yoshlar “Chorvanasl” markazi tuman boʻlimiga texnik-osemenator sifatida, 10 nafar fuqaro tuman Prokuraturasi tomonidan koʻchma savdo markazlariga, 131 nafar fuqaro IIB orqali yordamchi posbon sifatida karantinga olingan oilalarga biriktirilgan boʻlsa, 9 nafar fuqaro qurilish-taʼmirlash, infratuzilma obʼektlari qurilishiga, 142 nafar fuqaro esa tadbirkorlik subʼektlari va nodavlat tashkilotlarga, 8 nafar fuqaro tumanimiz hududida tashkil etilgan blok-postlarga posbon sifatida vaqtinchalik ishlarga jalb etilib, ularning barchasiga ish haqlari oʻz vaqtida toʻlab borilmoqda. Aprel oyi boshidan beri haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolarga jami 534,5 mln. soʻm mablagʻ ish haqi sifatida berildi.
Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tumanda koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsirini yumshatish yuzasidan olib borilayotgan ishlar mamlakatimizda karantin holati bekor qilinib, xalqimiz hayoti izga tushgunga qadar davom ettirilishi koʻzda tutilgan. Maqsad esa bitta – xalqimizning xotirjam, osoyishta, sogʻlom hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashishdir.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶