28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:30
Iqtisodiyot 👁 444

Tadbirkorlarga koronavirus sababli berilayotgan imtiyozlar keng tushuntirilmoqda

Tadbirkorlarga koronavirus sababli berilayotgan imtiyozlar keng tushuntirilmoqda

Pandemiya sababli joriy etilgan karantin dunyodagi barcha davlatlarda iqtisodiy inqirozni yuzaga keltirmoqda. Boshqa mamlakatlar qatori koronainqiroz yurtimizga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatishi tabiiy. Koronavirus tufayli kelib chiqayotgan bunday oqibatlarning imkon qadar oldini olish choralarini koʻrish maqsadida davlatimizda bir qator normativ hujjatlar qabul qilindi.

Prezidentimiz “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-sonli Farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining salbiy taʼsirlarini yumshatish boʻyicha choralar toʻplamini tasdiqladi. Bosh vazir boshchiligida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tashkil etildi.

Tumanimizda ham belgilangan mazkur chora-tadbirlar asosida qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, zarurat boʻlmaganda koʻchaga chiqmaslik boʻyicha doimiy ravishda targʻibot, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar faol qoʻllab-quvvatlanmoqda. Tuman Davlat Soliq inspektsiyasi tomonidan masʼul mutasaddilar bilan hamkorlikda bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan birga tadbirkorlarga pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumshatish hamda aholi, tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Prezident Farmonlari, unga koʻra joriy etilayotgan imtiyozlar haqida tushunchalar berib borilmoqda.  

Aytish joizki, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Farmonda belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq endilikda fuqarolarga soliq imtiyozlari va ularni toʻlashni kechiktirish imkoniyati taqdim etiladi. Shuningdek, 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar uzaytiriladi. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash muddati 15-apreldan 15-oktyabrga qadar uzaytiriladi.

Soliq inspektsiyasi masʼullari tumandagi oziq-ovqat va ruxsat berilgan boshqa mahsulotlar savdo-sotigʻini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subʼektlari egalariga Farmonga muvofiq berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar. Ularga iqtisodiyot, ayniqsa, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yil oxirigacha soliq auditiga moratoriy oʻrnatilganligini, yuridik shaxslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash boʻyicha 6 oyga kechiktirish, yaʼni boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etilganligini, shu yil 1-apreldan 1-oktyabrgacha boʻlgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq 50 foizga qadar, yaʼni 223 ming soʻmdan 111,5 ming soʻmgacha kamaytirilganini maʼlum qilishdi.

Global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha qabul qilingan Prezident Farmoniga koʻra qishloq xoʻjaligidagi yerlarni sugʻorish uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga pasaytiriladi. Shuningdek, 1-oktyabrgacha boʻlgan davrda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga jarimalar qoʻllash toʻxtatiladi. Eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirkorlarga nisbatan jarima sanktsiyalarini oldini olish uchun fors-major holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabarnoma eʼlon qilinadi. Tadbirkorlarga yillik umumiy eksportga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlgan taqdirda, kafolatlangan toʻlovni taʼminlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Tuman Soliq inspektsiyasi masʼullari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar hisoblanishi toʻxtatib turilishini, soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilmasligini ham maʼlum qilishdi. Shu qatorda soliq toʻlovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat koʻrsatishni kengaytirish choralari koʻrilayotgani va boshqa berilayotgan shu kabi imtiyozlar haqida maʼlumotlar berishdi.

Tadbirkorlar soliq inspektsiyasi masʼullariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil tushunchalarga ega boʻldilar.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026