15-may - Xalqaro oila kuni. OQ OLTIN OVULIDAGI IBRATLI OILA
Har qanday oila jamiyat poydevori sanaladi. Davlatimiz taraqqiyoti esa unda yashayotgan oilalar mustahkamligiga bogliq. Oila barqaror boʻlsa jamiyat ravnaq topaveradi.
Oq oltin ovulida ham elga ibrat boʻlgulik oilalar talaygina. Oʻrozovlar oilasi mahalladoshlar oʻrtasida hurmatga sazovor oilalardan. Xonadon sohibi Sharif Oʻrozov 30-yildirki, turmush oʻrtogʻi Mohim Xolmenova bilan birgalikda ahil-inoqlikda yashab kelishmoqda. Ular 4 nafar farzandni kamolga keltirib, el koriga yaraydigan insonlar kilib tarbiyalashdi. Ayni paytda ular bobo va buvi boʻlib, 5 nafar nevarani voyaga yetkazishmoqda.
Oila tayanchi Sharifjon 20-yildan beri Koʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl oʻzagidagi Qoraoʻzak stantsiyasida navbatchi boʻlib ishlaydi. Mohim esa uy yumushlari bilan birga tadbirkorlik ham qiladi. Katta qizi Aziza hozirda 2 farzandning onasi, 9-MTMda tarbiyachi bulib ishlaydi. Namunali kelin, ishchan xodim sanaladi. Oʻgʻli Farrux otasi yonida stantsiyada yuklarni qabul qilib oluvchi boʻlib ishlasa, kichik oʻgʻli Islom Nukus Davlat universitetining geodeziya fakultetida sirtdan tahsil olish bilan birgalikda Qoratovdagi xususiy zavod ekskavatorchi boʻlib ishlaydi. Kichik qiz Adiba oliy oʻquv yurtiga tayyorgarlik koʻrayotir.
Mohimning kelinlari oʻziday ishbilarmon, chaqqon chiqishdi. Katta kelini Yayra mahallada dongʻi chiqqan chevar, qoʻli gul tikuvchi, kichik kelini Shohida ham epchilgina, odobli va uddaburron kelin. U farzand tarbiyasiga qarash bilan birga oila aʼzolari koʻmagida erta bahordanoq tomorqadan moʻl-koʻl neʼmatlar yetishtirishga, gullar parvarishi-yu, pazandalikka qiziqadi va buning uddasidan chiqadi. Xullas, bu oilada har kim oʻz yumushini bilib-bilib qilaveradi. Mehnat qilishdan choʻchishmaydi. Shu bois mehnatiga yarasha daromad ham ularning orqasidan ergashaveradi.
Oiladagilar biri biriga mehribon, koʻmakdosh boʻlsa, koʻngillar xotirjam boʻlib, xonadon obod maskaniga aylanaveradi. Oʻzaro hurmat, mehr-oqibat, bir-birovga gʻamxoʻrlik, mehnatsevarlik bor joyga baraka ham yogʻilaveradi. Istagimiz, elimizda ana shunday mustahkam, obod xonadonlar koʻpayaversin.
Ziyoda Sadaddinova, Oq oltin OFY raisi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶