Internet hayotimizda kerakli axborotlarni olish va yetkazish vositasiga aylandi
Internet XX asrda kashf etilgan telekommunikatsion va kompyuter tarmoqlari majmuidir. Bu aslida harbiy muassasalar, ilmiy va oʻquv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirib boshqarishni markazlashtirish maqsadida kashf qilingan.
Bugungi kunga kelib internetning turlicha tarmoqlari mavjud. Dunyo aholisining deyarli barchasi internetdan foydalanadi. Chunki internet axborot olish va tarqatishning eng qulay ham oson usulidir. U masofa tanlamaydi.
Hozirda masofaviy taʼlim olish vaqtida biz internet tarmoqlaridan juda koʻp va samarali foydalanmoqdamiz. Oʻquvchilar va ota-onalar bilan onlayn tarzda muloqotda boʻlib turibmiz.
Lekin internetning ijobiy tomonlaridan tashqari salbiy jihatlari ham mavjud. Afsuski, koʻpchilik yoshlar oʻzlarining qimmatli vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlardagi keraksiz narsalarga sarflaydi. Baʼzi bir yovuz niyatli kimsalar tufayli koʻplab ijtimoiy tarmoq sahifalarida zoʻravonlik, millatchilik, behayolik, koʻporuvchilik aks etgan suratlar, videomateriallar yoshlarni oʻziga jalb qilmoqda. Ayrim yoshlar oʻz sahifalariga hayosiz rasmlar va boʻlar-boʻlmas soʻzlar yozilgan suratlarni qoʻyishni oʻzlarining hobbisiga aylantirishgan. Bu narsalarning hammasi yoshlarimizning tarbiyasi, maʼnaviyati, dunyoqarashi va ongiga salbiy taʼsir koʻrsatishi tabiiy.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan internetning koʻplab qulayliklaridan oqilona foydalanaylik. Yaxshi taraflarini olib, yomon jihatlarini qoldiraylik.
Internet - mening hayotimda kerakli axborotlarni olish va yetkazish vositasi.
Sizning hayotingizda-chi?
Nodira OʻROZBOYeVA, 55-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶