Yangi elektron raqamli imzoni endi onlayn tarzda olish mumkin
Avvalroq koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida amalga kiritilgan cheklov choralarini yana maʼlum muddat davom ettirishga toʻgʻri kelmoqda, davlat xizmatlaridan masofadan foydalanishni hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Biroq, aksariyat fuqarolarda elektron raqamli imzoni masofadan turib onlayn tarzda olishda muammolar yuzaga kelgandi.
Endi ariza beruvchi elektron raqamli imzo kalitini, ilgari boʻlganidek, davlat xizmatlari markazlariga bormasdan olishi mumkin.
Avvalroq muddati tugagan elektron raqamli imzo kalitini internet orqali real vaqt rejimida yangilash imkoni mavjud, lekin ERIsi boʻlmagan fuqaro baribir Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishiga toʻgʻri kelar edi.
Jumladan, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini maxsus axborot resursi orqali berish mexanizmi joriy qilindi. Bunda ushbu davlat xizmatidan murojaat etuvchi hali elektron raqamli imzo sertifikatiga ega boʻlmagan hollarda xam foydalanishi mumkin.
Xoʻsh, masofadan turib elektron kalit berishda qanday qilib murojaat etuvchilar identifikatsiya qilinadi?
Murojaat etuvchining shaxsini tasdiqlash va soʻrovnomadagi maʼlumotlar toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish Davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqami murojaat etuvchiga tegishliligi;
- murojaat etuvchining pasport nusxasi va selfi foto nusxasi orqali pasport maʼlumotlarining toʻgʻriligi;
- murojaat etuvchining STIR orqali DSQ axborot tizimidagi maʼlumotlarni soʻrovnomadagi maʼlumotlar bilan solishtirish orqali tekshiradi.
Murojaat etuvchining shaxsini tasdiqlashda selfi foto juda muhim hisoblanadi. Bunda, ilova qilinayotgan fotosurat nusxasida murojaatchi yuz qiyofasi “anfas” shaklda va tiniq koʻringan hamda pasportning asosiy sahifasi barcha simvollari oʻqib boʻladigan sifatda boʻlishi shart.
Aks holda sertifikatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma beriladi. Murojaat etuvchi rad etish sabablarini bartaraf etgandan soʻng, takroran murojaat etishi mumkin.
Elektron raqamli imzoni e-imzo.uz orqali masofadan olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Oybek Ahmedov, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶