Amudaryo tumani Obodonlashtirish boʻlimi qanday ishlarni amalga oshirmoqda?
Koʻkalamzorlashtirish, yangi bogʻlar yaratish, yashil hududlarni kengaytirish bahorning eng muhim tadbirlaridan sanaladi. Bunday xayrli ishlar tufayli yurtimizda bogʻ-rogʻlar tobora kengayib, shahar-u qishloqlarimizda soʻlim goʻshalar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari barpo etilmoqda.
Bu yil ham bahorning ilk kunlaridayoq mamlakatimizda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari boshlab yuborildi. Xususan, tumanimizda ham bu borada samarali ishlar qilinmoqda.
Tumanimizda olib borilayotgan bahorgi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini Obodonlashtirish boshqarmasi tizimli tartibda yoʻlga qoʻygan. Boshqarmaning jonkuyar xodimlari tumanimizning obodligi, chiroyiga yanada koʻrk qoʻshish, ozoda-osoyishtaligini taʼminlash maqsadida tinimsiz mehnat qilishmoqda.
Xususan, boshqarma tomonidan joriy yilning shu davriga qadar Mangʻit aylanma yoʻlining 2 yarim kilometr qismiga archa koʻchatlari ekildi. Shuningdek, shahar markaziy koʻchalari, Qipchoq koʻchasining
Qolaversa, Qilichboy koʻchasida joylashgan, boshqarma balansida boʻlgan bogʻ hududi 1,7 gektarga kengaytirildi va ushbu hududda ham bogʻ barpo etish ishlari olib borilmoqda.
Hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga boshqarmadan 100 nafar ishchi-xodimlar, shuningdek, ish samaradorligini oshirish maqsadida 13 ta texnika va 9 ta mexanizmlar biriktirilgan.
Bundan tashqari, jamoat ishlari uchun biriktirilgan 200 nafar ishchidan 70 nafari Yangiobod, Farovon, Gulzor, Boyovul mahallalari hududining markaziy koʻchalarida, qolgan 130 nafari oʻz hududlaridagi koʻchalarda, shuningdek, qabristonlarda ham obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida samarali mehnat qilishmoqda.
Oʻzbekiston bahori obodlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlikning, bir soʻz bilan aytganda, Vatanga muhabbatning eng oliy koʻrinishidir.
Yurtimizda yuz bergan oʻzgarishlar, obodonchilik-koʻkalamzorlashtirish borasidagi saʼy-harakatlar zamirida ham oʻz vatanini sevadigan, el uchun yonib yashashni niyat qilgan matonat sohiblarining mehnati mujassam. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan obodlik tashabbuslari nafaqat atrof-muhit musaffoligi, balki tinchlik-farovonlik, oʻzaro mehr-oqibat, koʻngillar obodligiga ham hissa qoʻshmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtmoqchimizki, yashil maydonlar yaratish, bogʻ-rogʻlarni, gulzorlarni kengaytirish, mavjud yashillik dunyosini muhofaza qilish faqat mutasaddi tashkilotlarninggina emas, barchamizning muhim vazifamiz boʻlmogʻi lozim. Zero, obod yurtda fayz-baraka hukmron boʻladi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶