“USTOZ-ShOGIPD” ANʼANASI BOʻYIChA TUMAN YoShLAPI HUNAP OʻPGANIShMOQDA
Xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy anʼanalarini toʻliq saqlab qolish va rivojlantirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligi oʻzining ijobiy samaralarini bermoqda. Sohaga aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollarni jalb etish orqali bandligi taʼminlanib, “Ustoz-shogird” anʼanasi tobora ommalashmoqda. Hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi ishsiz fuqarolarga tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning loyihalari qoʻllab-quvvatlanayapti.
Hunarmandchilikning bir turi kulolchilik ham kishidan oʻziga xos iqtidor va sabr-toqat talab etadi. Bu hunar necha ming yillardan beri avloddan avlodga oʻtib, tobora sayqal topib bormoqda. Mamlakatimizda, ayniqsa, Pishton kulolchilik maktabi tajribasi juda mashhur.
Qoraqalpogʻistonda ham mazkur maktab tajribasini keng targʻib qilish, sohaga qiziquvchilarga ularning tajribasini oʻrgatish va ish bilan bandligiga erishish borasida saʼy-harakatlar boshlab yuborildi.


Har birimiz uchun eng totli va bebaho neʼmat – nonning xushtaʼm va yaxshi pishgan holda dasturxonga tortiq qilinishi tandirlarning ixcham, qulay, tejamli qilib qurilganligiga ham bogʻliq.

Shu yil 13-may kuni Nukus shahridagi yoshlar markazida boʻlib oʻtgan rishtonlik kulolchi usta Gʻanijon Eliboyev ishtirokidagi davra suhbatida ham bu haqda batafsil soʻz yuritildi. Kulolchilik anʼanalarini saqlab qolish, Pishton kulolchilik maktabi tajribalarini qoraqalpogʻistonlik yoshlarga oʻrgatish maqsadida tashrif buyurgan Gʻanijon Eliboyev, hunarmandlardan tashqari davra suhbatida “Oʻzsanoatqurilishbank” vakili Pavshan Oboqulov, Pespublika “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boshqarmasi boshligʻi Dilfuza Allamberganovalar ham ishtirok etdilar. Tadbirda kulollar oʻzaro tajriba almashdilar, shu yoʻnalishda faoliyat yuritishni xohlovchilar roʻyxati shakllantirilib ularga oʻz faoliyatlarini tashkil etish boʻyicha tegishli maslahatlar berildi.
Bu borada tumanimizda ham mahorat darslari boʻlib oʻtdi. Gʻanijon Eliboyev Mangʻit shahrining Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi tandirchi tadbirkor Ozodboy Boyjonov xonadonida boʻlib, u yasagan tandirlarni koʻrdi, oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
2013-yildan beri tumanimizdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida amaliy sanʼat yoʻnalishida oʻquvchi-yoshlarga zardoʻzlik, kashtachilik sir-asrorlarini oʻrgatib kelayotgan Xonimjon Ismoilova ham shu kungacha 20 nafardan ziyod shogirdlarini hunarli qildi. 2019-yilda Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan “Tashabbus 2019” koʻrik-tanlovida oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasida 3-oʻrinni egalladi.

U ishsiz yoshlarga oʻrgatish maqsadida gilamdoʻzlik, zardoʻzlik, kashtachilik boʻyicha bepul oʻquv kurslari tashkil etib, oʻz hunarlarini oʻrgatmoqda.
Xonimjon Ismoilova toʻqiyotgan gilamlarni koʻrsangiz, xuddi sanʼat asariga oʻxshaydi. Naqshlar va ranglar aslo bir-birini takrorlamaydi. Hunarmand ayol oʻz ustida ishlashdan, izlanishdan erinmaydi, internet tarmoqlarida bu boradagi yangiliklarni tinmay oʻqib, mahoratini oshira boradi. Gilamdagi naqshlarning bir-biriga uygʻunligi, ranglarning mutanosibligi ana shunday izlanishlar samarasi.
U ayol-qizlarning hunarli boʻlishi va intilib ishlashi oilalar daromadi oshib, farovonlashuviga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi, deb hisoblaydi. Hunariga qiziqib kelgan yoshlarni harakatchan boʻlishga, oʻz hayotlarini oʻzlari goʻzal qilishga targʻib etadi.
Hunarmand ayol Xonimjon Ismoilova Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi sifatida partiyaning “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida ishsiz yoshlarga hunar oʻrgatib, daromad topishlariga erishayotganidan xursand.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶