MAMLAKATIMIZ SIYoSATIDA BOLA HUQUQLARI HAMIShA USTUVOR
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64- va 65-moddalari bola huquqlariga bagʻishlangan.
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini amalda kafolatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qarori qabul qilindi.
Bola huquqlariga oid qonunchilik doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Soʻnggi yillarda bola huquqlariga oid bir qator yangi qonun hujjatlari qabul qilindi, mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bolalarning sogʻlom kamol topishi uchun, yosh bolali ayollarning ham huquqlari taʼminlab berildi. Homilador ayollarni yengilroq ishga koʻchirish orqali esa ayolning va kutilayotgan goʻdakning salomatligi taʼminlanadi: Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga koʻra, homilador va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari hamda dam olish kunlari ishlatishga va xizmat safarlariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan tashqari, onasiz qolgan bolalarni tarbiyalovchi shaxslarga imtiyozlar va kafolatlar berilishi ularning sogʻlom boʻlib oʻsishi, tarbiyalanishi va yaxshi sharoitda yashashining kafolatidir.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, milliy qonunchiligimizda mustaqilligimizning ilk yillaridanoq bola huquqlari masalasi oʻz aksini topib kelayotgani, oxirgi yillarda qonunchiligimizga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mamlakatimizning bola huquqlari borasida xalqaro standartlarni tan olishga tayyor ekanligining, ularga toʻla amal qilish yoʻlida borayotganligining yorqin isbotidir.
J.Bekimbetov,
tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶