“Namuna”ning bahor malikalari
Tumanimizdagi 52-sonli maktab öqituvçilar jamoasi Xitoy ovulidagi "Namuna” mahalla fuqarolar yiğinida taşkil etilgan Salomatlik, taʼlim, oilaga kiriş, bandlik va jinoyatçilik profilaktikasi sektorlari faoliyati bilan uzviy rvişda iş olib borişmoqda. Yaʼni, farzandlari kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan oilalar hayoti izçil grafik asosida örganilib, muammolar öz vaqtida bartaraf etilişiga erişiş bilan birga ötkazilgan mazkur tadbirlar öz samarasini berib, quvonarli yutuqlarga erişilmoqda. Yaqinda öquvçi-qizlar orasida sportning yengil atletika yönalişi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida maktabning 9-sinf öquvçisi Şaxnoza Safarboyeva faxrli 3-örinni egallab, tuman va maktab şarafini munosib himoya qildi. Şu sport yönalişi böyiça maktabning "Barçinoy” jamoasi 25-mart kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida "Bahor malikalari -2014” musobaqalarida yuksak natijalarga erişib, joriy yilning 28-30-mart kunlari Buxoro şahrida ötkazilgan Özbekiston Respublikasi miqyosidagi final bellaşuviga qatnaşiş huquqini qölga kiritişi maktabning, qolaversa, "Namuna” mahallasining katta yutuği böldi.
Bundan taşqari, ”Oila - mahalla va taʼlim muassasalari hamkorligi” doirasida mahallada taşkil qilingan "Ota-onalar universiteti” tadbirlarida va ommaviy madaniy-maʼrifiy işlarning olib borilişida maktab jamoasi yetakçi örinni egallab kelmoqda. Mahalla fuqarolar yiğinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi, mahalla posboni va mahalla profilaktika noziri bilan hamkorlikda yoşlarning böş vaqtini töğri va mazmunli taşkil qiliş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş, sport maşğulotlari bilan şuğullanişlari uçun şaroit yaratiş işlari ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilişiga erişilmoqda. Bu borada "Namuna” mahalla fuqarolar yiğinidagi tegişlikomissiyalar bilan hamkorlikda mahallada va maktabda taʼlim-tarbiyaga oid masalalarda izçillik bilan işlar olib borilmoqda.
Gulmirza Bobojonov,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶