KOPONAVIPUSNI YeNGISh OʻZIMIZGA BOGʻLIQ
Butun dunyoni larzaga solayotgan tojdor virus bizning mamlakatimizni ham chetlab oʻtmadi. Dunyo davlatlari qatori mamlakatimiz aholisi ham bu virusga qarshi kurashmoqda. Virusning odamdan odamga havo-tomchi yoʻli bilan yuqishining oʻzi oʻta xavflidir.
Mamlakatimizda ushbu kasallik birinchi marta 2020-yil 15-mart kuni qayd etilganidan buyon eʼlon qilingan karantin choralari ayni paytda hududlardagi holatga qarab yumshatilmoqda.
Bunday qaltis va taxlikali bir paytda oʻz jonlarini xatarga qoʻyib, ichki ishlar organlari hodimlari, shifokorlar, milliy gvardiya va jurnalistlar kun-u tun xizmat postlarida sobit turishibdi. Xalqimiz esa ularni kecha-yu kunduz duo qilishmoqda. Shunday ekan, biz ham ularning bu jonkuyarliklarini, fidoyiliklarini hurmat qilgan holda uyda qolishimiz kerak. Va shunda tezroq bu kasallik yoʻqolib ketadi va yana avvalgi chiroyli hayot tarzimizga qaytamiz.
Lekin ayni paytda karantin qoidalarini mensimaslik, goʻyo oʻzini hammadan kuchli, zoʻr deb oʻylashdek noxush holatlar ham kuzatilmoqda. Bu nafaqat xalqimizga, balki davlatimizga nisbatan xiyonatdir. Axir karantin qoidalari bizning sogʻligimiz uchun-ku!
Aziz yurtdoshlar,bilingki,bu kasallik ham Ollohning biz bandalariga bergan bir sinovi. Agar hamjihat boʻlsak, albatta, bu sinovni ham birga yengib oʻtamiz.
Hulkaroy AMANBAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶