28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 376

GʻOʻZANI SUGʻORIShDA EGILUVChAN QUVURLARDAN FOYDALANISh ENG MAQBUL VA TEJAMKOR USUL

GʻOʻZANI SUGʻORIShDA EGILUVChAN QUVURLARDAN FOYDALANISh ENG MAQBUL VA TEJAMKOR USUL

Ziroatchilikda moʻl-koʻl daromad topaman, degan dehqon har bir ishda tadbir ishlatadi. Dehqon tadbirkor boʻlsa, muammolar yechimini ham oʻzi topib, joyida oʻzi hal qiladi.

Toʻlqin ovulida ana shunday tadbirkor dehqonlar koʻp. Xususan, “Amet Toʻrayev” fermer xoʻjaligi rahbari Erkinboy Toʻrayev sohada olib borilayotgan islohotlar, innovatsion loyihalarni oʻz faoliyatiga joriy etish orqali paxta va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishda oʻz tajriba maktabini yaratganlardan. Ayniqsa, tejamkorlik daromadiga-daromad qoʻshishini fermer juda yaxshi biladi. Shu bois, u joriy yilgi ziroatchilik mavsumida tuman fermer xoʻjaliklari orasida birinchilardan boʻlib, gʻoʻzani sharbat usulida sugʻorishda egiluvchan quvurlardan foydalanish usulini boshlab berdi.

Joriy yilning 1-iyun kuni mazkur fermer xoʻjaligida “Gʻoʻzani sharbat usulida sugʻorishda egiluvchan quvurlardan foydalanishning afzalliklari” mavzusida koʻrgazmali seminar-kengash oʻtkazildi.

Koʻrgazmali seminar-kengash ishida tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov, “Amydaryo tex” MChJ boshligʻi oʻrinbosari Rahimboy Jumaboyev, MTP rahbarlari, sohaning boshqa mutaxassislari hamda Toʻlqin ovuli hududidagi fermer xoʻjaliklari raislari ishtirok etishdi.

Koʻrgazmali seminar-kengash jarayonida bir tekis egat olingan dalalarga egiluvchan quvurlar orqali suv tarashning afzalliklari, gʻoʻza qator oralariga beriladigan suv sarfi va tejaladigan suv miqdori hamda ishchi kuchi, bundan xoʻjalik iqtisodiyotiga keladigan foyda xususida yetakchi mutaxassislar tomonidan zarur maʼlumotlar va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ushbu tejamkor texnologiyaning yana bir afzallik tomoni, yaʼni, oddiy sugʻorish jarayonida yuz berishi mumkin boʻlgan gʻoʻzani suv bosish holatiga barham berilishi, har bir tup gʻoʻza zarur miqdordagi suv bilan taʼminlanishi, natijada hosil nishonalari yuz foiz saqlab qolinishiga erishish mumkinligiga alohida eʼtibor qaratildi. Chunki koʻpchilik fermer xoʻjaliklarida suvbosdi boʻlgan gʻoʻzalar hosil nishonalarini tashlab yuborishi oqibatida hosildorlik kamayib ketishi tajribalardan ayon. Egiluvchan quvurlardan foydalanilganda ana shunday noxush holatning oldi olinadi va xoʻjalik iqtisodiga ijobiy samara beradi.

Koʻrgazmali seminar-kengash davomida fermer xoʻjaliklari raislari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar oldilar. Shu bilan birga gʻoʻzani sharbat usulida sugʻorishda egiluvchan quvurlardan foydalanish texnologiyasini oʻz faoliyatlarida joriy etish boʻyicha fikrlarini bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026