O`ZLIDEP TUMAN KENGAShI PAISINING BIPINChI OʻPINBOSAPI – APPAPAT PAHBAPI TAYINLANDI
2-iyun kuni tuman hokimligi kichik majlislar zalida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vaziri, O`zLiDeP Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi raisi Sagʻindiq Turmanov ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, O`zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi deputatlik guruhi aʼzolari qatnashdilar.
Mazkur yigʻilishda O`zLiDeP tuman Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari apparati rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Yigʻilish ishtirokchilari O`zLiDeP Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi raisining O`zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari apparat rahbari lavozimiga Matkarimov Islom Ismailovichni tayinlash boʻyicha buyrugʻi bilan tanishtirildi. Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar Islom Matkarimovning shu kunga qadar olib borgan ish faoliyati haqida soʻz yuritdilar.
Taʼkidlash kerakki, O`zLiDeP mamlakatimiz siyosiy hayotida oʻzining ahamiyatli oʻrniga ega boʻlgan partiya hisoblanadi. 2019-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylovlarning dastlabki natijalarida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi parlamentda koʻpchilik oʻrinni qoʻlga kiritganligi fikrimizning dalilidir.
O`zLiDePning asosiy maqsadlaridan biri – siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini taʼminlash hisoblanadi. Shu kabi maqsadlarni amalga oshirish yoʻlida partiya aʼzolari, hamjihatlikda, jipslashgan holda harakat qilishmoqda. Natijada O`zLiDeP bugungi kunda jamiyatda, davlatning siyosiy hayotida faol boʻlgan tashkilotga aylandi.
Yigʻilishda tuman Kengashi deputati Muqaddas Beknazarova soʻzga chiqib, Islom Matkarimovning ish faoliyati, hayotiy tajribasi xususida soʻz yuritdi. Taʼkidlanganidek, Islom Matkarimov ish faoliyati davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi raisi, tuman hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi, "Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston filiali Mangʻit pochta aloqa tarmogʻi boshligʻi, "Toʻlqin" muqobil mashina-traktor parki raisi, tuman Qishloq xoʻjaligi boshqarma boshligʻi lavozimlarida samarali mehnat qildi. Mehnat faoliyati davomida koʻplab yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oʻz hissasini qoʻshdi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda oʻz bilim va tajribalaridan unumli foydalanib, sidqidildan mehnat qildi.
Yigʻilish soʻnggida soʻzga chiqqanlar Islom Matkarimovga keyingi faoliyati davomida partiyaning mavqeini oshirib, partiya gʻoyalarini keng targʻib qilishda zafarlar tiladilar.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶