MEHNAT MUNOSABATLAPI BUZILGANDA QOʻLLANILADIGAN INTIZOMIY JAZOLAP
Oʻzbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi mehnat munosabatlariga bagʻishlangan boʻlib, unga koʻra har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat intizomini taʼminlash mehnat munosabatlarining zaruriy sharti hisoblanadi.
Mehnat intizomini buzish deganda – xodimning oʻziga yuklatilgan mehnat vazifalarini aybli ravishda harakat yoki harakatsizlik qilish yoʻli bilan bajarmasligi yoxud lozim darajada bajarmasligi nazarda tutiladi.
Oʻzbekiston Pespublikasi Mehnat kodeksining 174-moddasiga koʻra, korxonada mehnat tartibi ish beruvchi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Mehnat intizomi halol mehnat uchun ragʻbatlantirish va mukofotlash usullari bilan normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish, noinsof xodimlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllanish orqali taʼminlanadi.
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarining birini qoʻllashga haqli:
1) hayfsan;
2) oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima.
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksi 100-modda 2-qismining 3- va 4-bandlari).
Mehnat kodeksidagi 100-modda 2-qismining 3-bandiga koʻra xodimning oʻz mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi va 4-bandiga koʻra xodimning oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi mehnat shartnomasini bekor qilishga asos hisoblanadi.
Yuqorida nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini ish beruvchi tomonidan qoʻllanish mumkin emas, basharti qoʻllanilgan boʻlsa ham u yuridik oqibat keltirib chiqarmaydi. Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qoʻllaniladi.
Har bir nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qoʻllaniladi. Qaysi intizomiy jazo turini qoʻllash (tanlash) huquqi korxona ish beruvchisiga berilgan. U sodir etilgan intizomiy nojoʻya harakatning ogʻir-yengilligini, ahamiyati, oqibatlari, xodimning shaxsiy xususiyatlarini eʼtiborga olib, oʻzi maʼqul koʻrgan intizomiy jazolardan birini qoʻllashi mumkin.
Darhaqiqat, har bir korxona, muassasa va tashkilotning ichki mehnat tartib-qoidalari boʻlib, unda xodimga jazo qoʻllashga asos boʻladigan (harakat yoki harakatsizliklar), aybli qilmishlar (masalan ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik, kech qolish, hamkasblar bilan qoʻpol muomalada boʻlish) roʻyxati koʻrsatilgan boʻladi. Qoidaga koʻra har bir xodim mavjud ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirilishi shart.
Demak, xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, mehnat munosabatlariga kirishuvchi har bir xodim mehnat qonunchiligi va korxonaning ichki mehnat tartib-qoidalariga amal qilishi lozim. Zero, bu oʻziga xos kelishuv ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat munosabatlarining adolatli oʻrnatilishiga va jamoaviy muhitning oʻzaro hurmat asosida saqlanib turishiga asos hisoblanadi.
J.Bekimbetov, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶