SIFATLI, UZLUKSIZ TABIIY VA SUYuLTIPILGAN GAZ YeTKAZIB BEPILMOQDA
Tumanimiz boʻyicha 38 ming 53 xonadon gazlashtirilgan boʻlib, shundan 12 ming 413 ta xonadonga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilmoqda, 25 ming 640 ta xonadon esa suyultirilgan gaz bilan taʼminlanayapti. Shuningdek, 221 ulgurji isteʼmolchilar mavjud.
Tabiiy gaz isteʼmolchilarini uzluksiz gaz bilan taʼminlash maqsadida filialning Avariya tiklash xizmati xodimlari tun-u kun fidoyilik bilan xizmat qilmoqdalar.
Ayni kunlarda Mangʻit shahrining Gurlan koʻchasidagi 1,2 kilometr uzunlikdagi oʻrta bosimli, Farovon, Olmazor mahallalari hududidagi 1,6 kilometr uzunlikdagi yuqori bosimli gaz quvurlarini taʼmirlash, boʻyash ishlari olib borilayapti.
Shuningdek, tumanimizda 25 ming 640 aholi xonadoni suyultirilgan gaz bilan taʼminlanayotir. Shundan 11 ming 993 xonadon gazlashtirilmagan, 13 ming 647 xonadon esa tabiiy gaz yetib bormasligi tufayli suyultirilgan gazga moslashtirilgan. Ijtimoiy soha obʼektlaridan 39 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham suyultirilgan gazdan foydalanilmoqda.
Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash va xizmat sifatini oshirish maqsadida filialimizga qarashli Xolimbeg servis markazi, Kuyuk koʻpir, Qipchoq, Oq oltin, Qangli, Boʻzyop, Doʻrman ovullaridagi shoxobchalari va filial markaziy omborxonasi orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilayotir. Mazkur shoxobchalarga uzoq boʻlgan hududlarga esa suyultirilgan gaz ballonlarini 5 ta mashina orqali yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi.
Bu yoʻnalishlardagi ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
J.YePMETOV, “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” MChJning
“Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti filiali boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶