AMUDARYoDA 208 TONNALIK PILLA XIRMONINI BUNYoD ETIŞGA KIRIŞILDI
Pillaçilikni yetti xazinaning biri deya taʼriflaşadi. Haqiqatan ham şu soha fidoyilari bölgan pillakorlar bilan suhbatlaşsangiz, ipak qurti boqişning maşaqqatlaridan köra, foydali jihatlari haqida gapiradilar. 40-50-yillab öz xonadonlaridan bu möʼjizakor jonivorga joy berib, mehr bilan parvariş qilayotgan kasanaçi pillakorlar: “Ipak qurti boqilgan xonadonda fayz-baraka böladi”, - deyişadi va har yili Qoraqalpoğistonda birinçilardan bölib yuksak pilla xirmonini yaratadilar. Şuning uçun ham amudaryolik pillakorlar nomini nafaqat Qoraqalpoğistonda, balki mamlakatimiz miqyosida hurmat-eʼtibor bilan tilga olişadi.
Buning öziga xos sababi ham bor, albatta. Çunki Amudaryo tumani mamlakatimizda eng köp pilla yetiştirib beruvçi tumanlardan biri hisoblanadi va har yili davlatga 208 tonnadan ziyod sifatli pilla xom aşyosini yetkazib beradi.
Joriy yilgi pillaçilik mavsumiga ham amudaryolik pillakorlar jiddiy tayyorgarlik körişdi. Avvalo, mavjud tut plantatsiyalari öz vaqtida oziqlantirilib, zarur agrotexnik tadbirlar amalga oşirildi. “Jayxun Silk” MÇJ korxonasi tomonidan yangi va serhosil navli tut köçatlari yetkazib berilib, fermer xöjaliklari dalalari çekkalariga hamda yangidan taşkil etilgan tut plantatsiyalariga 343 ming dona serhosil tut köçatlari ötqazildi.
Pillaçilikda yuqori va sifatli hosil olişning birdan-bir omili – ipak qurti uruğini jonlantiriş jarayonini agrotexnika talablari darajasida taşkil etişga boğliq. Şuni inobatga olgan holda tumanimizda yuqori saviyadagi 16 ta inkubatoriy tanlanib, ipak qurti uruğini jonlantiriş jarayoniga eng malakali mutaxassislar jalb etildi. Inkubatoriylar zamonaviy asbob-uskunalar, zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Natijada ipak qurti uruğlari öz vaqtida sifatli jonlantirilib, tumanimizdagi pillaçilik tarmoğini taşkil etgan fermer xöjaliklariga va kasanaçi pillakorlarga jami 3768 quti ipak qurti uruği tarqatildi. Albatta, har bir sohada iqtisodiy manfaatdorlik masalasi muhim örinda turadi. Şu bois, şartnoma böyiça 1495 nafar kasanaçilarga tarqatilgan 1582 quti, 266 ta fermer xöjaliklariga tarqatilgan 2186 quti ipak qurti parvarişi uçun har bir quti ipak qurti hisobiga 240 ming sömdan bönak pullari berildi. Mavsum davomida har bir qurtxona holati mutaxassislar tomonidan qatʼiy jadval asosida nazorat qilib borildi. Zarur holatlarda maslahat va tavsiyalar berildi. Natijada tumanimizdagi barça qurtxonalarda yaxşi töyingan, agrotexnika qoidalari asosida parvariş qilingan ipak qurtiga sifatli dasta qöyilib, pilla öraş jarayoni nihoyasiga yetmoqda.
5-iyun sanasida Manğit va Xitoy pilla qabul qiliş maskanlarida mavsumining ilk hosili – pillani qabul qiliş jarayoni boşlandi.
Pillakorlarimiz tomonidan yetiştirilgan möl hosildan darak beruvçi kumuşrang pilla mahsulotining sifati ham, salmoği ham yuqori, ipakçanlik holatidan mutaxassislarning köngli töq. Bu yilgi mavsumda 208 tonna yuqori sifatli Amudaryo pillasini yetiştirişga ahd qilgan “kumuş tola” ijodkorlarining pilla karvoni qutluğ yölda. Közlangan manzil esa juda yaqin. 208 tonnalik Amudaryo pilla xirmoni bunyodkorlarining ahdlari uluğ, şaştlari qatʼiy!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶