28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:58
Sport 👁 373

BOLANI YoShLIGIDAN JISMONIY ChINIQTIRISh – UNI YeTUKLIKKA UNDAYDI

BOLANI YoShLIGIDAN JISMONIY ChINIQTIRISh – UNI YeTUKLIKKA UNDAYDI

Jismoniy chiniqish insonni yanada faollashtiradi, qalbi joʻshqin hislarga toʻlib, yangi-yangi orzular sari intilib yashashga oʻrgatadi. Koʻpchilik jismoniy chiniqish deganda har kungi badan tarbiya mashqlarini tushunishadi. Toʻgʻri, badan tarbiya mashqlari insonni  tetiklashtiradi, ishga, oʻqishga, ijtimoiy foydali mehnatga ragʻbatlantiradi. Lekin jismonan chiqinib borishning ahamiyati yanada katta. Xoʻsh, buni qanday amalga oshiramiz?

Buning uchun insondan biron jiddiy sarf-xarajat yoki koʻp vaqt talab etilmaydi. Kundalik hayot tarzimizdagi odatiy vazifalarimizni toʻgʻri tashkil etsak kifoya. Yaʼni, erta turish, 5-10 daqiqalik badan tarbiyadan soʻng, tanamizni hoʻl sochiq bilan ishqalash, yuz-qoʻlimizni iliq suvda yuvish va nihoyat, hovli boʻylab loʻkillab yurish orqali mushaklarimizga faollik bagʻishlaymiz, bundan butun tanamiz rohatlanadi. Toza havoda tomorqa yumushlarini bajarsak, yanada yaxshi. Agar ishxonangiz yoki oʻqish joyingiz yaqin boʻlsa, albatta, yayov yurishga odatlaning. Inson yayov yurgani sari vujudi orom olib, mushaklari sogʻlomlashadi, nafas olishi yengillashadi.

Men oʻquvchilarimga doimo oʻzlariga eʼtiborli boʻlgan holda oz-ozdan jismoniy mehnat bilan shugʻullanib borishlarini maslahat beraman. Masalan, ertalablari ota-onasining yonida, tomorqa ishlariga qarashish, daraxt tuplarini yumshatish, gullarni parvarishlash, meva terish, hovli sahniga suv sepish kabi ishlarni zavq bilan bajargan bola ertalab xush kayfiyat bilan nonushta qiladi, shu kungi darslarini ham yaxshi oʻzlashtiradi. Uning ongida oʻzi qilgan halol mehnatga munosabat va samimiy mehr tuygʻusi shakllanib boradi. Bola ham ijtimoiy faol, ham oʻz fikriga ega shaxs sifatida shakllanadi. Muhimi, oʻzi uchun ertalabki mashgʻulotlar qanchalik zarur ekanligini anglab yetadi, ham jismonan, ham maʼnan yetuklik sari intilib yashashga oʻrganadi.

Televizor va kompyuter qarshisida mixlanib qolgan bola esa hayotda hech qachon faol boʻlmaydi, har bir savoliga televizordan va kompyuterdan javob izlayverib, charchoq kayfiyatda yuradi. Oʻzini oʻzi jismoniy mashgʻulotlar bilan band qilgan va oʻz mehnatidan rohatlanishni oʻrgangan bola mutolaada fikri teran, maʼnan qalbi boy inson boʻlib  ulgʻayadi. Shuning uchun har bir ota-ona farzandini ijtimoiy foydali mehnatga oʻrgatsa va chiniqtirib borsa, bu bolaning yetuk va barkamol inson boʻlib shakllanishiga yordam beradi.

Soliy YOʻLDOShEV, 36-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026