Amudaryo tumanining 2020-yil yanvar-may oylaridagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
Amudaryo tumanida joriy yilning may oyi holatiga koʻra aholi soni – 199,8 ming kishini tashkil qiladi. Tumanda barcha sohalar qatori iqtisodiy sohada ham yuqori koʻrsatkichlarga erishilmoqda. Xususan, tumanning aholi jon boshiga sanoat mahsuloti 810,1 ming soʻm, xalq isteʼmoli mollari 255,6 ming soʻm, hududiy sanoat mahsulotlari 330,8 ming soʻm, qurilish ishlari 261,9 ming soʻm, chakana tovar aylanmasi 996 ming soʻm, bozor xizmatlari 340,9 ming soʻmdan iborat boʻldi.
Tuman qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshmoqda. Jumladan, tumanning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 161,6 mlrd. soʻm boʻlib, Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi ulushi 3 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hajmi – 51,0 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati – 100,4 foiz, Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi ulushi 5,6 foizdan iborat.
Hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 66,0 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati - 102,9 foiz, Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi ulushi 1,7 foizga yetadi.
Qurilish ishlari hajmi – 52,3 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati – 85,2 foiz, Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi ulushi 3,9 foiz.
Chakana tovar aylanmasi – 198,7 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati – 94,4 foiz, Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi ulushi 7,3 foiz.
Bozor xizmatlari – 68,0 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati – 84,6 foiz, Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi ulushi 3,0 foizni tashkil etadi.
Tuman boʻyicha joriy yilning 1-iyun holatiga koʻra jami 2607 ta iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 1437 tasi qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, 207 tasi sanoat, 63 tasi qurilish, 340 tasi savdo, 41 ta tashish va saqlash xizmatlari, 113 ta yashash va ovqatlanish xizmatlari, 18 ta axborot va aloqa xizmatlari, 25 ta sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, 363 ta esa boshqa iqtisodiy faoliyat turlari boʻlib hisoblanadi. Jami 2607 ta faoliyat turlarining 104 tasi yangidan tashkil qilingan boʻlib, 17 tasi tugatilgan.
Yangi tashkil qilingan iqtisodiy faoliyat turlarining 27 tasi qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga, 28 tasi sanoat, 34 tasi savdo sohalariga, qolganlari esa boshqa faoliyat turlariga tegishlidir.
H.Xaytimbetov, tuman Statistika boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶