28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:31
Qishloq xoʻjaligi 👁 420

TEXNIKALAP SOZLIGI HOSIL SIFATI YuQOPI BOʻLIShINI TAʼMINLADI

TEXNIKALAP SOZLIGI HOSIL SIFATI YuQOPI BOʻLIShINI TAʼMINLADI

Tumanimiz gʻallachilik xoʻjaliklarida moʻl hosil yetishtirilishida sektorlar rahbarlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari muhim ahamiyat kasb etdi. Har bir sektor rahbari oʻziga berkitilgan hududlardagi gʻallachilik fermr xoʻjaliklarida 2020-yilgi gʻalla hosili uchun kuzgi bugʻdoy ekish mavsumidan to bugʻdoy oʻrim-yigʻimi mavsumiga qadar bugʻdoy ekilgan maydonlar holatini oʻrganish, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish, agar bu borada muammolar tugʻilsa, joyiga chiqib hal etish, bugʻdoy parvarishi bilan band kishilarga zarur maslahat va tavsiyalar berish kabi ishlarni belgilangan jadval asosida yuritganlari bois, 4 ta sektor hududidagi bugʻdoyzorlarda moʻl hosil toʻplandi.

Tuman hokimi S.Yoʻldashev rahbarligidagi 1-sektor hududiga kiruvchi Doʻstlik, Qipchoq, Qangli MMTP mutaxassislari tomonidan har bir dalaning xoʻjalik xaritasidagi oʻrni, meliorativ holati puxta oʻrganilib, barcha agrotexnik tadbirlar sifatli olib borildi. Xususan, Doʻstlik MMTP tasarrufidagi 21 ta fermer xoʻjaligining har biriga kuzgi bugʻdoyni ekish davridan to hosil pishib-yetilgunga qadar malakali mutaxassislar biriktirilib, yerlarning shoʻrlanish darajalari, tuproq tarkibi puxta oʻrganildi va urugʻ oʻz vaqtida ekildi. Natijada MMTP tasarrufidagi 247 gektar maydondagi gʻallazorlarda moʻl hosil yetishtirildi. Oʻrtacha har gektar hisobiga 55-60 tsentnerdan hosil olgan “Polvonovul”, “Oʻtaboyev Ahmad”, “Jayxun - Choykoʻl”, “Soatboy Gaipov” fermer xoʻjaliklarida esa hosildorlik bundan ham yuqori boʻldi. Doʻstlik MMTP tasarrufidagi gʻallachilik fermer xoʻjaliklariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini omilkorlik  bilan tashkil etganliklari tufayli, ayni kunda uyilgan “qirmizi don” xirmoni 571 tonnadan oshib ketdi. Shartnomaviy reja esa oshirib ado etildi.

Mazkur sektor hududidagi Qipchoq MMTP esa hududdagi 13 ta gʻallachilik  fermer xoʻjaliklariga texnik xizmat koʻrsatadi. Qipchoqlik gʻallakorlar 2020-yil hosili uchun 163 gektar yerga kuzgi bugʻdoy ekdilar. Oʻz vaqtida oziqlantirilib, barcha agrotexnik tadbirlar maromida oʻtkazilgan dalalarda hosil moʻl boʻldi. “Jumaniyazov Arzimbat”, “Haytimbetov Sulton”, “Tursunboyeva Umida” “Ismoilov Poʻlatbek”, “Oʻrozboyev Doston” fermer xoʻjaliklarida oʻrim-yigʻim ishlari  tumanda birinchilar qatorida boshlab yuborildi va mazkur xoʻjaliklarning har birida hosildorlik gektar boshiga 60-70 tsentnerga yetkazildi. Jami bugʻdoy ekilgan 163 gektar yerning har gektaridan koʻtarilgan xirmon oʻrtacha 30-32 tsentnerdan toʻgʻri keldi va qipchoqliklar ona Vatan xazinasiga 432 tonna yuqori sifatli gʻalla mahsuloti yetkazib berdilar. Kombayn haydovchilari Akmal Atamurodov va Pashid Aytboyevlar har kuni 55-60 tonna bugʻdoy hosilini oʻrib-yigʻib berishdi. MMTP tomonidan yanchilgan bugʻdoyni “Taxiatosh don” mahsulotlari AJning “Mangʻit don” filiali saqlov omborxonalariga nest-nobud qilmay tashishga alohida eʼtibor qaratildi. Yuk mashinalari oʻrim-yigʻim texnikasining bir maromda ishlashi taʼminlandi.

Yuk-transport mashinasi haydovchilari Gʻulomjon Jumaboyev va Pahmatjon Qozoqovlar bu borada faollik koʻrsatdilar.

Qangli MMTP hududdagi 25 ta fermer xoʻjaligiga texnik xizmat koʻrsatadi. Gʻallani ekishdan tortib oʻrib-yigʻib olgunchaga boʻlgan davr mobaynida barcha agrotexnik tadbirlarning risoladagidek olib borilishini taʼminlash maqsadida 206 gektar maydondagi gʻallazorlar atrofidagi dala yoʻllari tekislanib, sugʻorish shoxobchalari oʻz vaqtida tartibga keltirildi. Natijada MMTP xizmat koʻrsatuvchi hududlardagi fermer xoʻjaliklarida gʻallani ekish, parvarishlash, oʻz vaqtida oʻrib-yigʻib, davlatga topshirish borasida muammo boʻlmadi. 2020-yil hosilini oʻrib-yigʻib, isrofgarchiliklarsiz qabul maskanlariga tashish ishlari ham aniq rejaviy jadval asosida olib borildi. Natijada qanglilik gʻallakor fermerlar 447,5 tonnalik yuqori sifatli “qirmizi don” xirmonini bunyod etishib, zimmalaridagi shartnomaviy rejalarini munosib ado etdilar. Kombayn haydovchilar Alisher Nurmanbetov, Akmal Kamolov va Islom Boltaboyevlar, hosilni “Mangʻit don” filiali omborlariga talofatsiz yetkazishda yuk mashinasi haydovchilari Akmal Allaniyozov, Ulugʻbek Abdullayevlarning xizmatlari katta boʻldi. “Jalgʻash Abduxoliqov”, “Begzod-Gʻanisher”, “Allamberganov Ulugʻbek”, “Charosxon-Yulduzxon” fermer xoʻjaliklari birinchilardan boʻlib shartnomaviy rejalarini sharaf bilan bajarishdi.

Shuningdek, Qilichboy MMTP hududidagi “Nurimbetov Xudoybergan” urugʻchilik fermer xoʻjaligining umumiy yer maydoni 107,4 gektar boʻlib, umumiy ekin maydoni 74,5 gektardan iborat. Shundan 10 gektariga gʻalla ekilgan. Yaxshi parvarish qilingan gʻalla maydonlaridagi hosildorlik 21 tsentnerga yetkazildi. Olingan yalpi hosil esa 21,1 tonnaga yetdi.

Mazkur MMTPlar texnik xizmat koʻrsatadigan fermer xoʻjaliklari gʻallakorlarining kayfiyatlari baland. Chunki 2020-yil uchun davlat resurslariga boshoqli don xarid qilish (qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan) 1 tonna bugʻdoy uchun 2 mln. 543 ming 180 soʻm qilib belgilandi. Vaholanki, bu narx 2019-yilda 1 mln. 200 ming soʻm edi.

Ayni kunda barcha fermer xoʻjaliklari, ayniqsa, Doʻstlik, Qipchoq, Qangli va Qilichboy MMTPlar tasarrufidagi fermer xoʻjaliklarining gʻalladan boʻshagan maydonlarini takroriy ekin ekishga tayyorlash, ayrim fermer xoʻjaliklarida esa koʻchatlab sholi va boshqa ekin turlarini ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. MMTPlarning muhandis-texnik xodimlari, chilangar va ustalari texnikalarning toʻxtovsiz va sifatli ishlashlarini taʼminlashmoqda.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026