Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tumanimizga taşrif buyurdi
Joriy yilning 19-iyun sanasida Amudaryo tumanida aholi turmuş darajasi va sifatini yaxşilaş, kambağallikni qisqartiş, aholi bandligini taʼminlaş, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etiş borasida sektorlarda amalga oşirilayotgan işlarning holatini örganiş maqsadida işçi guruh taşrif buyurdi.
Işçi guruh aʼzolari – Özbekistin Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari Abdurahim Qurbonov va Şerzod Kulmatov, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qömita raisi Abu-Bakir Ibragimovlar tuman hokimligida sektor hamda sohalar rahbarlari, deputatlar, tuman faollari bilan yiğiliş ötkazib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan suhbatlaşdilar.
Yiğiliş mobaynida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar qay darajada samarali hal etilayotganini tahlil etiş, tadbirkorlik subʼektlari, aholi vakillari bilan bevosita muloqot qilib, ularni öylantirayotgan muammolarni joyiga çiqib örganiş, amaliy kömak beriş masalalariga eʼtibor qaratdilar.
Şuningdek, yiğiliş mobaynida hozirgi pandemiya şaroitida tumanda barça sohalardagi mavjud muammo hamda kamçiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning fikrlari tinglandi. Xususan, tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi boş şifokori Töramurod Boboniyozov hamda tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Zarif Örazimbetovlar bugungi kunda tumanimizdagi epidemiologik holat hamda pandemiya kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan maʼlumot berdilar.
Şundan söng, mutasaddilar hokimlik binosidagi deputatlar xonasida tuman Kengaşi deputatlari bilan şu kunga qadar amalga oşirgan işlari xususida suhbatlaşdilar. Şuningdek, sektorlarda yuritilayotgan kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar röyxati bilan tanişdilar.
Işçi guruh aʼzolari tumandagi bugungi kunda tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyat hamda şart-şaroitlar, imtiyozlardan oqilona foydalanib, özining samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyati bilan ham tanişdilar.
Xususan, yangidan öz faoliyatini boşlagan “Behruz Market” supermarketiga taşrif buyurib, savdo dökonining holati, iş jarayoni bilan tanişib, tadbirkor bilan yaqindan suhbatlaşdilar. Yoş tadbirkor Abror Matyakubovdan tadbirkorlik faoliyatini olib borişda qanday muammo hamda kamçiliklari borligi, qanday yordam kerakligi bilan qiziqdilar.
Şuningdek, tumanimizda 2016-yildan beri öz tadbirkorligini davom ettirayotgan Maqsad Sobirov rahbarligidagi “Döstlik-Çoyköl savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatidagi iş jarayonlarining taşkil etilişi ham mutasaddilarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur taşkilot “Artel” maişiy texnikalar işlab çiqariş zavodining tuman filiali bölib, hozirda u yerda 12 nafar işçi xodimlar xizmat qilişadi. Filialda iş jarayonlari barça karantin qoidalariga amal qilgan holda taşkil qilingan.
Söngra mehmonlar tumanimizdagi ip-kalava işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Amudaryo tex” xorijiy korxonasining faoliyatini örgandilar. Taşrif çoğida mazkur korxonada barça işçi xodimlar töliq karantin qoidalariga amal qilgan holda iş olib borayotganining hamda korxona iş faoliyai natijasida köplab yoşlarining bandligi taʼminlanayotganining guvohi bölişdi. Korxona rahbari bilan suhbat çoğida özlarini qiziqtirgan barça savollarga javoblar oldilar. Şuningdek, xorijiy korxonaning kelgusidagi faoliyatiga yangi muvaffaqiyatlar tiladilar.
Aytiş kerakki, tumanimizda yoşlar bandligini taʼminaş borasida ham samarali işlar amalga oşirilmoqda. Ana şunday yoşlarimizning olib borayotgan iş faoliyati ham işçi guruh aʼzolari eʼtibori markazida böldi. Xususan, özining bandligini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengaşiga murojaat qilib, tuman hokimligi tasarrufidagi zahira yerlarida öz dehqonçiligini boşlagan Begzod Erkayev bilan suhbat çoğida yoş tadbirkor bu iş orqali nafaqat özi balki butun oila aʼzolarining bandligi taʼminlanganini taʼkidladi.
Pandemiya şaroitida ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaş, işsiz fuqarolarning bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş borasidagi işlar tizimli ravişda davom ettirilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶