17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 15:37
Jamiyat 👁 306

KOʻNGILLAPDAN BOShLANGAN OBODLIK MAHALLALAPDA DAVOM ETMOQDA

KOʻNGILLAPDAN BOShLANGAN OBODLIK MAHALLALAPDA DAVOM ETMOQDA

Obodlik – koʻngillardan boshlanadi. Koʻngli obod insonning oilasi, xonadoni, hovlisi-yu tomorqasi, mahallasi va el-yurti obod boʻladi. Chunki inson koʻnglidagi obodlikdan rang olgan koʻchalar, mahalla guzarlaridagi goʻzallik Vatanga koʻrk-u tarovat bagʻishlaydi.
Aslida oʻzbek xalqiga  uying ostonasini tozala, deyishning oʻzi nooʻrin tuyuladi. Boisi, har bir oʻzbek xonadonining doimiy rioya qiladigan tonggi amali hovli-joyini, ostonasini, koʻcha yuzini supirib-sidirib, suv sepish, moʻʼjazgina gulzoriga tartib berish. Albatta, bu yumushlarning boshida koʻpni koʻrgan nuroniylarimiz turishadi. Shuning  uchun ham xalqimiz uyidan koʻchani ayirishmaydi.
Darvoqe, uy ham, koʻcha ham oʻzimizniki, uning tozaligi va obodligi esa ona Vatanimiz goʻzalligiga goʻzallik qoʻshadi.
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida “Obod mahalla, obod koʻcha, obod xonadon” dasturi doirasidagi keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tumanimizda ham Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻilmi tashabbusi bilan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari tomonidan mazkur dastur  doirasida iyun-avgust oylarida amalga oshiriladigan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, shu asosda  amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan rejaviy-jadval asosida har bir ovul va mahallada fuqarolarning oʻzlari yashab turgan xonadon, koʻcha va mahalla hududini obodonlashtirish, xonadonlarda yuksak sanitariya madaniyatini qaror toptirishda oʻzaro birlashib, ahil-inoqlik bilan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi tadbirlarida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Vazirligi tomonidan tumanimizga birkitilgan Vazirlik yetakchi mutaxassisi Gulasen Ubbiyeva tuman Mahalla va oilani  qoʻllab-quvvatlash boʻlimi ishchi guruhi aʼzolari bilan birgalikda ovul va mahallalarda tez-tez boʻlib, tomorqa xoʻjaligini yuritish, aholi tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, targʻibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Yaqinda Gulasen Ubbiyeva ishchi guruh aʼzolari hamrohligida Mangʻit shahrining bir nechta mahallalarida boʻlib, aholi vakillari bilan uchrashdi. Xususan,  Oybek nomli mahallalar aholisi tomonidan amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Koʻcha boʻylariga ekilgan dov-daraxtlarga shakl berish, uylarning fasad qismlarini taʼmirlash, bezatish, mahalla guzarida soʻlim gulzorlar barpo etish ishlari koʻngildagidek olib borilayotganini taʼkidlab, bu borada zarur tavsiyalar berdi. Ammo Boʻston va Beruniy nomli mahallalardagi holat bilan tanishilganida baʼzi xonadonlar, oshxonalar binosi tashqarisida axlat uyumlari yotganligi, ularning egalari bunga beparvo qarab, qarovsiz tashlab qoʻyganligi maʼlum boʻldi. Mutasaddilar bu kamchiliklarni bartaraf etish, agar yana shunday holatlar aniqlansa, bu boʻyicha jiddiy choralar koʻrilishi haqida xonadonlar va oshxona egalari bilan birga fuqarolar yigʻini masʼullarini ham ogohlantirdilar.

Shuningdek, Gulasen Ubbiyeva Mangʻit shahrining Olmazor, va Yangiobod mahallalari hududida aholi tomonidan bajarilgan keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini ham borib koʻrdi. Biri-biridan obod va fayzli koʻchalar, xonadonlar, “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida birlashib, oʻzaro ahillikda yashayotgan, uy-joylari va mahallasini yanada obod va koʻrkam goʻshaga aylantirishdek ezgu maqsad bilan yashayotgan aholi vakillari bilan uchrashib, ularning ezgu orzulariga, quvonch va tashvishlariga oshno boʻldi. Shu barobarida mazkur mahallalar aholisi uchun umumiy boʻlgan muammolarni oʻrgandi. Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish choralariga toʻxtalib, bu muammolarni imkoni boricha ijobiy hal etish yuzasidan tuman Mahalla va Oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullariga, ishchi guruh aʼzolariga zarur tavsiya va koʻrsatmalar berdi.
Gulasen Ubbiyeva qaysi ovul va mahallada boʻlmasin, amudaryoliklar qalbida joʻsh urgan obodlik tuygʻusi barcha mahallalarga, har bir oila va xonadonga koʻrkamlik baxsh etib turganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019