YoShLAR – KELAJAK POYDEVORI
Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining har tomonlama yuksak salohiyatli inson boʻlib kamol topishi yoʻlida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimli islohotlarning ijobiy natijasi va yoshlarga oid davlat siyosatining samarasini bugungi kun yoshlarining jamiyatda munosib oʻrin egallashga boʻlgan ishtiyoqi va erishayotgan yutuqlarida koʻrishimiz mumkin.
Yoshlar kreativ gʻoyalari, betakror loyihalari va aniq maqsadlari bilan mamlakat taraqqiyotida, islohotlarda tashabbus koʻrsatib, vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Yaʼni, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan, iqtidori va isteʼdodini amalda namoyon etayotgan yoshlar bugun senator, deputat, yetuk rahbar, ishbilarmon tadbirkordir.
Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning gʻoyalari, qiziqishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish bugungi kundagi yoshlarga oid davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.
Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotida munosib oʻringa ega boʻlishiga koʻmaklashish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi yangi tashkilot – Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi mamlakatimiz aholisining 60 foizi boʻlgan yoshlarning yanada jipslashib, birlashgan holda yurt ravnaqi, taraqqiyoti yoʻlida intilishlariga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, hozirgi yurt boshiga ish tushgan, ogʻir sinovli kunlarda, band boʻlmagan yoshlarni, ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilib, qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat olib borishlari uchun yerlar ajratilmoqda, qolaversa, jamoatchilik asosida mavsumiy ishlarga joylashtirilib, shu orqali aholi ijtimoiy himoya qilinmoqda.
Muxtasar aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar navqiron avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
M.Shermetov, tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶